×

Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklari ishbilarmonlari bilan uchrashuv

Joriy yilning 26-fevral kuni "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasining «Samarqand» zalida Birlashgan Arab Amirliklari ishbilarmonlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda «BMB Trade Group» va «BMB Zomin Agro» kompaniyalar rahbariyati ham ishtirok etdi.

Mazkur tashrif doirasida ikki mamlakatlar ishbilarmon vakillari o’rtasida «B2B» formatida uchrashuv va muzokaralar bo'lib o'tdi.

BAA tomonidan ushbu tadbirda farmatsevtika, qurilish materiallari, shakar, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, sanoat namunalari va ishlab chiqarish, BAA dan quritilgan mevalarni yetkazib berish, elektron savdo sohasida tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlar va muzokaralar davomida Birlashgan Arab Amirliklarining ishbilarmonlari O'zbekistondagi investitsion muhitni yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish va tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ijobiy fikr bildirdilar.

Uchrashuv va muzokaralar doirasida «BMB Trade Group» kompaniyasi rahbariyati «B2B» formatida «Middle Eastern Foodstuff Trading» kompaniyaning rahbariyati bilan quritilgan mevalarni BAAga eksport qilish, keyinchalik Pokiston va Ummonga sotish sohasida, «Goody Middle East» kompaniyaning rahbariyati bilan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida, «Integrated Plastics Packaging» kompaniyaning rahbariyati bilan oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini qadoqlash uchun moslashuvchan qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish sohasida uchrashuvlar bo’lib utdi.

«BMB Zomin Agro» kompaniyasi rahbariyati «B2B» formatida «Afnan Perfumes LLC» kompaniyaning rahbariyati bilan Birlashgan Arab Amirliklariga parfyum ishlab chiqarish va sotish, «SA Group FZCO»  kompaniyaning rahbariyati bilan tibbiyot sohasida uchrashuvlar bo’lib o'tdi.

Uchrashuv davomida qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O'zbekiston va BAA ishbilarmon doiralari o'rtasidagi aloqalarning izchil rivojlanib borayotgani nafaqat bizning mamlakatlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga, balki savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham ijobiy ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat vakillari biznesni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan va yaratilgan ulkan imkoniyatlarni yuqori baholadilar, hamda hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv samimiy muhitda bo'lib o'tdi va tomonlar muzokaralar o'tkazilishidan qoniqish hosil qildilar.