×

Yangiliklar

OZARBAYJON TADBIRKORLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 22-fevral kuni kompaniya bosh ofisida BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Ozarbayjonning "Service Invest" kompaniyasi vakillari Tofig Karimov, Huseynov Eyub va Elvin Suleymanovlar bilan uchrashdi.

Muzokara Ozarbayjon tadbirkorlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va neft-gaz sohasidagi samarali aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida tashkil etildi.

«Service Invest» Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Qozog'iston davlatlariga yuqori texnologiyalar asosida neft va gaz uskunalari, telemetriya, burg'u suyuqliklarini neftni qayta ishlash va neft-kimyo majmualariga yetkazib berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.

"Service Invest" kompaniyasining asosiy faoliyati:

-neft va gaz separatorlarini ishlab chiqarish;

-bug'li gaz turbinasi qozonlarini ishlab chiqarish;

-quvurlar ishlab chiqarish;

-armaturalar ishlab chiqarish;

-quduqlarni kengaytirish;

-quduqlar dizaynini ishlab chiqish;

-kompressor stansiyalarini qurish va ularni ta'mirlash (Neftni qayta ishlash zavodlari, kompressor stantsiyalari);

-neft va gaz uskunalarini yetkazib berish.

«Service Invest» kompaniyasi bir nechta kompaniyalarning vakili hisoblanadi:

200 yillik tarixga ega kompressor ishlab chiqaruvchi Germaniyaning "BORSIG ZM Compression GmbH" kompaniyasi. Ushbu kompaniya kompressorlar dizaynini yaratishdan ularni tayyorlash va o'rnatish, shuningdek keyinchalik ta'mirlashga qadar keng doiradagi ishlarni amalga oshiradi. Kompaniya xaridorlar talablarini inobatga olgan holda noyob mahsulotlarni taklif qiladi;

1)Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida jahon yetakchisi hisoblangan Germaniyaning EVONIK Industries AG kompaniyasi;

2)Jahon bozorida yetakchi o'rinni egallagan neft sohasi buyumlari va burg'ilash uskunalarini ishlab chiqaruvchi Hindistonning "BOTIL OIL TOOLS INDIA PVT. LTD." kompaniyasi.

Uchrashuv mobaynida O'zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari o'rtasidagi aloqalar, ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlarini ko’zlovchi hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni izchil rivojlanib borayotgani alohida ta'kidlab o’tildi hamda neft va gaz sohasidagi qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etdilar.

Muhokama yakunida Ozarbayjonlik mehmonlar O'zbekiston hududida tadbirkorlarga yanada samarali faoliyat olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi yuksak baholandi.