×

Yangiliklar

«BMB TRADE GROUP» KOMPANIYASI XODIMLARI «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» MCHJ VAKILLARI BILAN UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

Joriy yilning 21-fevral kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasining "Amir Temur" zalida «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» MChJ vakillari taqdimot ko’rinishda muzokaralar olib bordilar. Ushbu uchrashuvda «BMB Trade Group» kompaniyasi hodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda doktor Audrius Gegekas, doktor Vitautas Lalas, Joel Uilyams, Sattorov Juraqul Sattorovich spiker sifatida ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi - dehqon va fermer xo'jaliklari, respublika qishloq xo'jaligi korxonalari, shuningdek o'simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o'tlardan himoya qilish sohasidagi korxona va tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko'rsatishdir. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, 30 dan ortiq tadbirkorlar va ishbilarmonlar qatnashdi.

Spikerlar har biri o'z yo'nalishi bo’yicha taqdimot qilishdi: Doktor Audrius Gegekas - "Tuproq sifati va mikroorganizmlar bilan o'zaro ta'siri" mavzusida. Doktor Vitautas Lalas - "O'simliklar o'zgaruvchan iqlim sharoitida qanday o'sadi?" mavzusida. Joel Uilyams - "Tuproqning kimyoviy va biologik sifatini tahlil qilish, shuningdek, o'g'it tufayli uni yaxshilash" mavzusida. Sattorov Jo’raqul Sattorovich - "Yerni to'g'ri sug'orish orqali yer sifatini yaxshilash" mavzusida. Taqdimot davomida ishtirokchilar alohida masalalar bo'yicha fikr almashishdi shu bilan birga yerni to’g’ri sug'orish, to’g’ri mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish orqali yer sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tadbir juda samarali, boy, do'stona muhitda bo'lib o’tdi va uchrashuv ishtirokchilari tomonidan mamnuniyat izhor etildi.