×

Yangiliklar

"ZOMIN FARM" ERKIN IQTISODIY ZONASI DIREKTSIYA DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

   Joriy yilning 15-fevral kuni "BMB Trade Group" kompaniyasining bosh ofisida "BMB Trade Group" kompaniyasi bosh direktori Mahmud Asamov va "BMB Zomin Agro" MChjning ta'sischisi Shamuzafarova G'ozal Shamuxamedovna "Zomin farm" erkin iqtisodiy zonasi direktori Nazarov Erkin Ahmedovich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
   Uchrashuvda "BMB Zomin Agro" "Zomin farm" erkin iqtisodiy zonasiga a'zolik bo'lish, "BMB Zomin Agro" uchun dorivor o'simliklarni ekish uchun qo'shimcha yer uchastkalari, shuningdek dorivor o'simliklarni qayta ishlash binolarini qurish uchun yer ajratish masalalari muhokama qilindi. Buning natijasida "BMB Zomin Agro" uchun imtiyozlar berilishi ko'zda tutilgan. Mahmud Asamov va Shamuzafarov Go'zal "Zomin farm" erkin iqtisodiy zonasiga a'zo bo'lish va "Zomin farm" erkin iqtisodiy zonasining ajratilgan yer maydonida loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdilar.
   Erkin Nazarov "Zomin farm" erkin iqtisodiy zonasining hududida amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, "Zomin farm" erkin iqtisodiy zonasi a'zolariga berilayotgan imtiyozlar tizimi haqida so'zlab berdi.
    Natijada Erkin Nazarov "BMB Trade Group" kompaniyasining rahbarlarini ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun hamda "Zomin farm" erkin iqtisodiy zonasi bilan batafsil tanishish uchun taklif etdi.

  Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro munosabatlar va ularning rivojlanish imkoniyatlarini muhokama qilib, samarali hamkorlikni o'rnatishdan o'zaro manfaatdorligini tasdiqladilar.