×

Yangiliklar

QIRG'IZISTON RESPUBLIKASI TADBIRKORLARI BILAN UCHRASHUV

   Joriy yilning 11-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining katta majlislar zalida Qirg'iziston Respublikasi sanoat, energetika va yer osti boyliklari davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari Sagynbaev Jirgalbek bilan yirik kompaniyalar rahbarlari, shuningdek, Qirg'iziston Respublikasining tadbirkorlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda "BMB Trade Group" kompaniyasi rahbariyati Bosh direktori Asamov Mahmud ishtirok etdi. Uchrashuvni tashkil etishning asosiy maqsadi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, yengil sanoat, energetika, yer osti boyliklari kabi sohalarda davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari Butaev O'tkir O'mirovich rahbarligida O'zbekiston Respublikasi tomonidan 20 dan ortiq tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirok etishdi.
  Qirg'iziston Respublikasidan sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish bo'yicha davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari Sagynbaev Jirgalbek boshchiligida tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari Butaev O'tkir O'mirovich va Qirg'iziston Respublikasi sanoat, energetika va yer osti boyliklari bo'yicha davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari Sagynbaev Jirgalbek so'zga chiqishdi va ushbu davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda tashqi savdo aloqalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasidagi investitsiya muhiti va biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qulayliklari haqida tanishtirildi.
 Uchrashuv yakunida Qirg'iziston Respublikasi vakillari O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlikga va investitsiya kiritilish uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishib, O'zbekistondagi tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirdilar.
  Yig'ilishning ikkinchi qismida qatnashchilar B2B formatida muzokaralar olib bordilar. Ushbu muzokaralarda "BMB Trade Group" kompaniyasi rahbariyati Qirg'izistonning yengil sanoat va to'qimachilik sohasidagi tadbirkorlari bilan B2B formatida muzokaralar o'tkazdi.
  "BMB Trade Group" kompaniyasi bosh direktori Asamov Mahmud Qirg'iziston Respublikasining "Legprom" yengil sanoat korxonalari assotsiatsiyasi prezidenti Asanov Saparbek va "Textile Trans" MChJning yengil sanoat sohasida hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar olib bordi.
   Muzokaralarda tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, qo'shma loyihalarni amalga oshirish va yangi bozorlarga kirish masalalarini muhokama etdilar.
   Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdorligini bildirdilar.