×

Yangiliklar

O'zbekiston va Ozarbayjon Respublikalari vakillari o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi

  Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent shahridagi "Hayatt regency" mehmonxonasining "Ball room" zalida Ozarbayjon Respublikasining Iqtisodiyot va Qishloq xo'jaligi vazirlari, shuningdek, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi, ushbu davra suhbatda BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi Mamatqulov Bekzod Akmalovich ham ishtirok etdi.
  Davra suhbatini tashkil etishning asosiy maqsadi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimiz o'rtasida qishloq xo'jaligi, qurilish, kimyo, avtomobilsozlik, tashqi savdo, transport aloqalari va boshqa ko'plab sohalardagi aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir.
  Ushbu davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Elyor G'aniyev rahbarligida O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jaev, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda 20 dan ortiq yirik tadbirkorlar ishtirok etishdi. Davra suhbatida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Shahin Mustafayev va Ozarbayjon Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri Inam Kerimov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ishbilarmon hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
  Davra suhbati davomida Bosh vaziri o'rinbosari Elyor G'aniyev va Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Shahnin Mustafoyevlar so'zga chiqib, so'z boshida barcha idoralar rahbarlari bir-biriga tanishtirildi, savdo-iqtisodiy hamkorlik va mamlakatlarimiz o'rtasidagi tashqi savdo aloqalari, shuningdek qulay investitsiya muhiti va O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Davra suhbati yakunlariga ko'ra, Ozarbayjon Respublikasining vakillari O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida uzlarining ijobiy fikirlarini aytib o'tdilar va o'zbek tadbirkorlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirdilar. Suxbat yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va davlatlarimiz o'rtasidagi savdo-sotiq aloqalarini mustahkamlash to'g'risidagi hamkorlik memorandumlari imzolandi. O'zbekiston vakillari, birinchi memorandumni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Ikromov Adxam, ikkinchi memorandumni Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosari Shagazatov Oybek, Ozarbayjon Respublikasining tegishli idoralari rahbarlari bilan imzoladilar.
   Suhbat davomida davra ishtirokchilari B2B formatida muzokaralar olib borish uchun o'z tarmoqlar bo'yicha guruhlarga bo'lindi. "BMB Trade Group" rahbariyati B2B formatida Ozarbayjon Respublikasining qishloq xo'jaligi sohasidagi vakillari: qishloq xo'jaligi mahsulotlari, paxta, to'qimachilik, ipakchilik, qishloq xo'jaligi texnikalari yo'nalishlari bo'yicha Ozarbayjon vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
    "BMB Trade Group" Kuzatuv kengashi raisi Mamatqulov Bekzod Akmalovich "Bina Agro" MChJ Kuzatuv kengashi raisi Ilhom Nagiyev bilan issiqxonalar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, xususan, pomidor, oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat olib borayotgan "Azersun" kompaniyalar guruhi korporativ aloqalar bo'yicha direktori Ilxom Abdullayev bilan uchrashdi.
   Muzokaralar chog'ida ayrim masalalar va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, qo'shma loyihalarni amalga oshirish va yangi  bozorlarga chiqish masalalari muhokama qilindi.
    Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.