×

Yangiliklar

"BMB TRADE GROUP" VA JANUBIY KOREYALIK ISHBILARMONLAR O'RTASIDA UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

  Joriy yilning 1-fevral kuni "BMB TRADE GROUP" kompaniyasi bosh ofisida "BMB TRADE GROUP" kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov "WOOJIN GROUP" kompaniyasi (Koreya) prezidenti janob Jinwoo Kim va "TRIPLE CROWN GROUP" kompaniyasi (Koreya) prezidenti janob Chung Kyung-Sik o'rtasida biznes-uchrashuv bo'lib o'tdi. 
   Uchrashuv davomida janob Jinwoo Kim BMB Trade Group kompaniyasi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb qilish orqali qo'shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
 Janob Chung Kyung-Sik Toshkentdagi Koreya shahar loyihasining amalga oshirilishi bo'yicha ma'lumot berdi, dunyoning ko'plab davlatlarda Koreyaning shahar loyihasi bo'yicha aholi turar-joylariga ega hamda qurilish sohasida "BMB TRADE GROUP" kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
    B.Mamatqulov soliq tizimida yaratilgan qulay muhit hamda imtiyozlar haqida, shuningdek, O'zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi uchun investitsiya muhitini yaxshilash bo'yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida aytib o'tdi.
   Janubiy Koreya tadbirkorlari O'zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni yuksak baholashdi.
     Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdorligini tasdiqladilar.