×

Yangiliklar

Americadagi OPIC O'zbekistondagi moliyalash loyihalarini qayta tiklamoqda

   Amerika xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi (OPIC) O'zbekistondagi moliyalashtirish loyihalarini qayta tiklamoqda, deya xabar beradi Podrobno.uz
   Bu Jizzax viloyatidagi "Hosiyatli Bog' Plus" fermer xo'jaligi delegatsiyasi OPIC vakillari bilan muzokaralaridan so'ng e'lon qilindi.
  Vashingtondagi muzokaralar maqsadi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida intensiv bog' va zamonaviy issiqxonani yaratish bo'yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
   "21 million dollarlik loyihada 180 gektardan ortiq yerlarida olma, bodom, shirin gilos ko'chatlarini ekish, shuningdek, zamonaviy yuqori sifatli issiqxonalarni hamda sovutkich xonalarni qurish va dunyodagi yetakchi mevalarni qurutuvchi uskunalarni o'rnatish nazarda tutilgan" - TIV matbuot xizmati.
   Ishlab chiqarilgan obyektlari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, asosan O'zbekistonning qo'shni davlatlari, shuningdek, Rossiya uchun eksport qilish imkonini yaratadi. 150 ishchi o'rni yaratish rejalashtirilgan, ularning 50 foizini ayollar egallaydi.
   Loyihaning ishga tushirilishi 2019-yil mart oyiga mo'ljallangan bo'lib, ishlab chiqarish 2021-yilda to'liq quvvatda ishga tushadi. 2018-yilning may oyida prezident Shavkat Mirziyoevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Davlat Investitsiya Qo'mitasi va xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolangandan so'ng OPIK tomonidan moliyalashtiriladigan birinchi loyihasi bo'ladi.
    Ayni paytda OPIC bilan birgalikda mehmonxona biznesida, xususiy tibbiy xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligida qator boshqa investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.
   Amerika korporatsiyasi OPIC 1971-yilda tashkil etilgan bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshiradi. Korporatsiya aktivlari 30 milliard dollarni tashkil etadi.