×

Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Misr ishbilarmonlari bilan uchrashuv

  Joriy yil 23 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Misr tadbirkorlari ishtirokida B2B formatida biznes-uchrashuv va biznes muzokaralar bo'lib o'tdi, ushbu biznes-uchrashuvda BMB Trade Group kompaniya xodimlari ishtirok etishdi.
  Misr delegatsiyasi qurilish, farmatsevtika, kimyo va oziq-ovqat sanoati, tsitrus mevalarni eksport qilish, quritilgan mevalarni olib kirish, dori-darmon va asbob-uskunalar, veterinariya va kosmetika mahsulotlari bilan shug'ullanadigan 8 ta yirik Misr kompaniyasining vakillari ishtirok etdi. Biznes-uchrashuvning asosiy maqsadi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda O'zbekiston va Misr kompaniyalari o'rtasida qishloq xo'jaligi, qurilish va boshqa sohalarda ishbilarmon aloqalarni mustahkamlash.  Biznes-uchrashuvda tegishli vazirliklar va idoralar, shuningdek O'zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlar ishtirok etdi.
  Misr Arab Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining birinchi kotibi Xolid Muxammad Fekri boshchiligida Misr Arab Respublikasi delegatsiyasi uchrashuvda ishtirok etdi.
  "Al-Madain Construction", "One World Export", "Saba International" - kompaniyalari prezidenti Sahel al-Dumrawi - turistik infratuzilmasi, farmatsevtika va kimyo sanoati, "Al Saad Group" boshqaruvchi direktori - Muhammad Saad - tsitrus mevalarni yetishtirish va eksport qilish, Misrga quritilgan mevalarni eksport qilish, "Kapo Agri development" qishloq xo'jaligi kompaniyalari guruhi rahbari - Alaa Gamal Kamar - dukkakli mahsulotlar, soya mahsulotlari, parrandachilik fermalari, baliq va sut fermalari uchun oziq-ovqat va oqsil konsentratlarini ishlab chiqarish (bug'doy, soya, shakar), qayta ishlash uchun omborlarni qurish, farmatsevtika kompaniyalari boshqaruvchi direktori "One World and "Activia Therapeutics" - d-r Muhammad Abbos Afifi - dorivor vositalar va texnologiyalar, veterinariya mahsulotlari va kosmetika ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxonani tashkil etishdan manfaatdor, "CASA Trade" kompaniyasi prezidenti - Leyla Abdelkader Usman - charm mahsulotlari (Iroq), galantereya tovarlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va elektr tovarlari (Pokiston), konservalangan mahsulotlar, teri mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishda ixtisoslashgan, Toshkentda Misrdagi elchixonasining sobiq xodimi, bir guruh tadbirkorlar koordinatori - Said Al-Magribilar ushbu biznes-uchrashuvda ishtirok etishdi.
   Misr tadbirkorlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni, meva va sabzavotlar uchun logistika markazlarini tashkil etish, qo'shma korxonalarni tashkil etish, O'zbekiston korxonalari va kompaniyalari bilan savdo aloqalarini quyidagi yo'nalishlarda kengaytirish bo'yicha shart-sharoitlarni o'rganib chiqdilar:
- savdo majmualari va sport inshootlarini qurish;
- to'qimachilik sanoati;
- farmatsevtika sanoati, shu jumladan veterinariya mahsulotlari;
- charm sanoati;
- qurilish materiallari;
- quruq meva, kimyo va mineral o'g'itlar (oltingugurt, ammoniy sulfat va kalts soda) mahsulotlarini Misrga yetkazib berish;
- meva-sabzavot mahsulotlarini va oziq-ovqat mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini o'rganish;
- O'zbekiston bozoriga tsitrus mahsulotlarini etkazib berish.
 Tomonlar O'zbekiston va Misr ishbilarmonlar o'rtasidagi aloqalarning rivojlanib borayotgani mamlakatlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga javob beradigan, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatayotgani ta'kidlandi.
  Ishbilarmonlar uchrashuvi yakunlari bo'yicha ikki mamlakat vakillari tadbirkorchilik uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlarni yanada yuqori samaradorlikka erishish uchun keng imkoniyatlar yaratish va hamkorlikni yo'lga qo'yishda qiziqishlarni bildirdilar.
   Tomonlar sarmoyaviy sohadagi hamkorlikni rivojlantirishning ayrim masalalari va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Muloqot chog'ida Misr tadbirkorlari bilan qo'shma loyihalar, shuningdek, yangi maqsadli bozorlarga chiqish masalalari muhokama qilindi.
   Tomonlar birgalikda investitsiya loyihalarida ishtirok etishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.