×

Yangiliklar

XITOY XALQ RESPUBLIKASI TADBIRKORLARI BILAN UCHRASHUVLAR

   "BMB Trade Group" kompaniyasi ta’sischisi Mirzamurod Dadajonov, Xitoy Xalq Respublikasidagi ish safari jarayonida 22-yanvar kuni Xitoyning yirik CNBM kompaniyasining vakili bilan uchrashdi.

    Xitoy qurilish materiallari korporatsiyasi (CNBM) 1984 yilda tashkil etilgan. CNBM 200 dan ortiq xususiy va qo'shma korxonalarga ega. Ko'p yillar davomida CNBM dunyoning 500 ta eng yirik kompaniyalari ro’yxatiga kirgan. CNBM - Xitoyning eng yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir.

   Bugungi kunda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan qurilish materiallari, sement, gips mahsulotlari, shisha va shisha buyumlar, shisha tolalar va kompozit materiallar, izolyatsion materiallar va santexnika mahsulotlari ichki bozordagi talabni deyarli to'liq qondirmoqda.

    Beton uchun qo'shimcha moddalar ishlab chiqarishda CNBM ulkan tajribasiga ega, shuningdek, mijozlarga bir qator texnik ko'mak xizmatlarini ham taqdim etishi mumkin.

    CNBM tomonidan ishlab chiqariladigan аsosiy mahsulotlar: Polikarboksilat super plastifikatorlar, suyuq va chang shaklida, naftalin asosidagi plastifikatorlar, antifriz, havo aralashtiruvchi qo'shimchalar, pigmentlar va boshqalar.

  Uchrashuv davomida o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek joriy yilda Hitoy kompaniyasi vakillari O’zbekistonga tashrif buyurishi kelishilib olindi.

   Tashrif jarayonida M.Dadazhonov optik saralovchi vositalar, Infraqizil spektrdagi separatorlar, rentgenli saralash mashinalari ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi yetakchi MEYER kompaniyasining zavodida bo’ldi.

   MEYER kompaniyasining 25000 dan ko'p hamkorlari bo’lib, u dunyodagi eng yirik beshlikka kiradi. Yuqori sifatli rang saralash uskunalari, rentgen detektorlari va tibbiyot uskunalari ishlab chiqaruvchi Xitoydagi birinchi raqamli kompaniya va eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

     Bugungi kunda MEYER dunyodagi noyob yuqori texnologiyali ishlanmalari bilan dunyodagi eng yirik ilmiy-tadqiqot markaziga ega.

   Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifat va ishonchlilik talablariga ega mahsulotlari 10 yildan ziyod vaqt mobaynida jahonning 80 ta mamlakatiga yetkazib berilmoqda. Ular sirasiga AQSh, Kanada, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Germaniya, Gonkong, Tayvan, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, Yaqin Sharq mintaqasi, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari kiradi.

     MEYER uskunalaridan yuzlab kompaniyalar samarali foydalanmoqdalar.

   Ular orasida ichki bozor ehtiyojlariga yo’naltirilgan endi rivojlanayotgan kichik korhonalardan tortib, uskunalardan turli mahsulotlarni saralash orqali doimiy daromad, yuqori ishlab chiqarish sur’atlariga hamda kutilgan natijalarga erishadigan shuningdek, past eksplutatsion harajatlarga ega bo’lgan faoliyati eksportga yo’naltirilgan yirik milliy korporatsiyalar mavjud.

   Zavod vakillari bilan uchrashuv mobaynida kelajakda MEYER kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalarni harid qilish va ekspluatatsiya qilish hamda ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.