×

Yangiliklar

FRANSIYAGA TASHRIF DAVOMIDA UCHRASHUVLAR

   2019-yil 17-yanvar kuni "BMB Trade Group" kompanining Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan delegatsiyasi bilan birgalikda Fransiya Davlatining Normandiya o’lkasiga tashrif bo’yurdi. Kunning ikkinchi yarimida delegatsiya Jizzax viloyati hokimining o'rinbosari A.Axmedxo'jaev raxbarligida Normandiya o’lkasining hokimi Kamamber Mishel Kuzani bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvdan so’ng dunyoga mashhur "KAMAMBER" nomli "DURAND" pishloq ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi.

   Joriy yilning 18-yanvar kuni Fransiyaning Fler shahrida Normandiya kompaniyalar uchun biznes-forum tashkil etildi, unda Fler Savdo-sanoat palatasida O'zbekistonning sarmoyaviy va iqtisodiy salohiyati haqida taqdimot bo'lib o'tdi.

   Tadbirni Fler shahrining hokimi Iv Goadue ochib berdi va tadbir ishtirokchilarni hamda Jizzax viloyatidan tashrif bo’yurgan delegatsiya vakillarini qutladi. Tadbirda Senator N.Gule, Savdo-sanoat palatasi raisi E.Borneya, O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchisi S.Rustamboev va Jizzax viloyati hokimining o'rinbosari A.Axmedxo'jaevlar so'zga chiqishdi.

   Rasmiy tadbir yakuniga ko’ra biznes-forum ishtirokchilari ikki guruhga bo'lindi. “BMB Trade Group” kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat yo'nalishdagi guruhida moderator bo’lib ishtirok etdi.

   Shuningdek, biznes-forumda qishloq xo’jaligi, chorvachilik, qandolatchilik va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan Fransiyaning «Gillot» kompaniyasi (pishloq mahsulotlari tayyorlash) - prezidenti Charlotte Flechard, «Flechart» kompaniyasi (sut mahsulotlarini ishlab chiqarish) - prezidenti Madeleine Godefroy, «Norhuil» kompaniyasi (raps moyi ishlab chiqarish) - prezidenti Michel Pottier, «Tabouret» kompaniyasi (qandolat mahsulotlari/shokolad ishlab chiqarish) - prezidenti Mishel Tabouret, «Bisquiterie De L’abbaye» kompaniyasi (pechene ishlab chiqarish) - prezidenti Gerard Lebaudy, «Biscuiterie Jeannette» kompaniyasi (pechene ishlab chiqarish), «Distillerie De La Monnerie» kompaniyasi - («Calvados» olma brendisi ishlab chiqarish) - prezidenti Isabelle Legay, «Chateau De La Biere» kompaniyasi (pivo ishlab chiqarish), «Chevalait» kompaniyasi (sidr ishlab chiqarish) - prezidenti Julie Decayeux, «Ledoux Nutrition» kompaniyasi (chorva mollari uchun yem ishlab chiqarish) - prezidenti Stephene Ledoux, «Norman» kompaniyasi (qushxona uskunalari ishlab chiqarish) - prezidenti Franck Reverdiau, «Haras National Du Pin» kompaniyasi (yilqichilik) - prezidenti Mme. Pucet kabi vakillari ishtirok etishdi.

   Ushbu Biznes-forumda Bekzod Mamatqulov O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yo'nalishida olib borilayotgan islohotlar, ya’ni yetistirilgan va ishlab chiqarilgan - quritilgan meva va sabzavotlar, to’qimachilik va charm-galantereya mahsulotlari kabi keng turdagi mahsulotlarni Fransiya va Yevropa bozorlarida sotish, hamda ularni eksport qilishda hamda qo’shma korxonalar ochish bo’yicha o’z xizmatlarini taklif qildi. Shuningdek, O’zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Fransiya va Yevropaning ayrim davlatlariga eksportini yo’lga qo’yish masalasi va uning tashkiliy-huquqiy tomonlari bo’yicha fikr almashildi.

  Uchrashuv mobaynida Fransiyalik tadbirkorlar, turli yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan aloqalarni o’rnatish va hamkorlikni kengaytirish bo’yicha kelishuvga erishildi.

    Uchrashuv yakunida Yevropa vakillari uchun O'zbekiston milliy taomlari bilan dasturxon yozildi.