×

Yangiliklar

FRANSIYAGA TASHRIFNING IKKINCHI KUNI

  Fransiya davlatiga tashrifining 2-kunida, 2019-yil 17-yanvar kuni O’zbekiston respublikasining Fransiyadagi elchixonasida “BMB Trade Group” kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov “Uz France Trade” kompaniyasi prezidenti Xalid Badixush (Khaled Bedahouche) bilan uchrashdi.

  “Uz France Trade” kompaniyasi asosiy vazifalaridan biri O’zbekistonning keng turdagi mahsulotlarini Fransiya va Yevropa bozorlarida sotish, bunday mahsulotlarga oziq-ovqat (quritilgan meva va sabzavotlari), to’qimachilik va charm-galantereya mahsulotlari, va shu kabi keng qo’llaniladigan mahsulotlarni eksport-import qilishda o’z xizmatlarini taklif qiladi.

   Uchrashuv mobaynida O’zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Fransiya, Yevropa hamda Afrika qit’asining ayrim davlatlariga eksportini yo’lga qo’yish masalasi va uning tashkiliy-huquqiy tomonlari bo’yicha fikr almashildi. Xalid Badixushning takidlashicha zaminimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlariga sifati, ta’m xususiyatlari, ekologik toza, organik mahsulot bo’lganligi sababli Fransiya tadbirkorlari va istemolchilarining qiziqishi katta. Shu sababli ushbu mahsulotlarni xalqaro va yevropa talablariga javob beradigan sertifikatsiya qilish tizimini yo’lga qo’yish masalasi muhimligi ham muhokamada ta’kidlab o’tildi.

  Uchrashuv mobaynida “BMB Trade Group” kompaniyasi nomidan Fransiyada “Uz France Trade” kompaniyasi bevosita ish olib borishi, O’zbekistonga Fransiyalik tadbirkorlarni, investorlani jalb qilishda, bevosita bizning kompaniyamiz nomidan Fransiyadagi turli yirik korxona va tashkilotlar bilan aloqa o’rnatish va hamkorlikni kengaytirish, Fransiyada vakolatxona ochish bo’yicha kelishuvga erishildi.

  Tashrif mobaynida “BMB Trade Group” kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov kunning ikkinchi yarmida O’zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi binosining muhokamalar zalida Fransiyaning “LIATECH” kompaniyasi tijorat direktori Fillip Vinsent, texnik-tijorat mutaxassisi Mishel Kulet hamda “Overmountain Sarl” kompaniyasi vakillari Bobur Tadjiev va Guzal Xalmuratovalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

   Uchrashuvda Jizzax viloyati Baxmal tumanida yetishtirilgan olma mevasini qayta ishlash masalasi muhokama qilindi. Olmani qayta ishlash orqali olma soki, nektar, pyure kabi maxsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek Fransiyada keng tarqalgan sidr shaklida ishlab chiqarib ichki bozorda hamda jahon bozoriga eksport qilishni yo’lga qo’yish masalalari tomonlarda qiziqish uyg’otdi.

   “LIATECH” kompaniyasi “BMB Trade Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Yevropaga eksport qilishda texnikaviy va iqtisodiy asoslarga tayangan holda, jahon talabiga mos keladigan tizimni yo’lga qo’yish hamda bevosita Fransiya tomonidan 10 mln. dollar qiymatiga ega investitsiya jalb qilinishi va bu investitsiya orqali Jizzax viloyatining Baxmal tumanida sok ichimligini ishlab chiqarish korhonasini faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha kelishuvlarga erishdi.

   2019-yilning fevral oyida Fransiyaning “LIATECH” kompaniyasi tijorat direktori Filip Vinsent O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishi istagi borligini aytib o’tdi.