×

Yangiliklar

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRINING O'RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizdagi barcha sohalarda, jumladan qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha bir qator hujjatlar imzolanganligi munosabati bilan, agroiqtisodiyot bo'yicha loyihani amalga oshirish uchun "BMB Trade Group" va "Silverleaf International" Amerika kompaniyasi bilan birgalikda 2018-yil may oyida "Silverleafe BMB Agro Trade Group" qo'shma korxonasini tashkil qilindi. Хorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sanoat sohasida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yuqori sifatli uzoq muddatli rivojlanish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 9-Noyabr kuni "Jizzax viloyatida zamonaviy agroklasterni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4009-sonli Qarorini imzoladi. 
   Joriy yil 9-Yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Otajonov Nodir Sobirovich «BMB Trade Group» Kuzatuv kengashi Bekzod Mamatqulov, «Silverleafe International» kompaniyasi prezidenti Dan Patterson, «Silverleafe International» kompaniyasi vitse-prezidenti Martin Volker va AQShdagi melioratsiya sohasida oldi eksperti Roni Kossadolarni kutib oldi. Ushbu uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Yusupov Baxodir Tursunovich, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vaziri Hamroev Shavkat Raximovich va tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
  Otajonov Nodir Sobirovich yig'ilishda ta'kidlanganidek, bugungi kunda ko'plab xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi tadbirkorlari bilan juda samarali hamkorlik qilmoqda.
U Jizzax viloyatidagi agroskustrga oid loyihaning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy jihatlari, shuningdek, 2018-yil 9-noyabrdagi "Jizzax viloyatida zamonaviy agroklasterni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4009-sonli Prezidenti Qarorini bajarish yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
    O'z navbatida, «Silverleafe International» kompaniyasi prezidenti Dan Patterson ushbu loyiha amalga oshirish bo'yicha o'z faoliyati haqida ma'lumot berdi va AQShdagi melioratsiya sohasida oldi eksperti Roni Kossado bilan birgalikda sug'orish tizimlarini yahshilash bo'yicha sug'orish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish haqida taqdimot qilishdi. Irrigatsiya tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etilsa suv resurslari tejaladi va oqilona foydalaniladi.
   Otajonov Nodir Sobirovich ushbu loyihani amalga oshirishda har qanday yordam berishini va'da qildi. Ushbu loyiha bugungi kunda qishloq xo'jaligi sohasida katta ahamiyatga ega. U kelgusida irrigatsiya sohasida innovatsion texnologiyalarning keng qo'llanilishi haqida fikr bildirdi. U O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Yusupov Bahodir Tursunovich, O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi vaziri Hamroev Shavkat Raximovichlarga va manfaatdor idoralarga sug'orish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo'yicha grafik tarmog'ini ishlab chiqish va loyihaning rivojlanishini tezlashtirish uchun ko'rsatmalar berdi. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Yusupov Bahodir Tursunovich, O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi vaziri Hamroev Shavkat Raximovichlar sug'orish innovatsion texnologiyalarni joriy etish suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni tejash imkoni yaratilishida o'z fikrlarini aytib o'tdilar.
    Uchrashuvdan so'ng barcha mas'ul rahbarlarga ushbu loyihani amalga oshirish uchun aniq vazifalar berildi. Uchrashuv do'stona muhitda bo'lib o'tdi va tomonlar samarali hamkorlik qishloq xo'jaligini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini yana bir bor belgilashini tasdiqladilar.