×

Yangiliklar

«BMB Trade Group» kompaniyasi yangi yilni nishonlamoqda

   Yangi yil - yilning oxirgi kunidan kelgusi yilning birinchi kunigacha o'tish davrini hamma ko'tadi va ushbu bayram asosiy bayramidir. Ko'plab mamlakatlar tomonidan ushbu bayram nishonlanadi.
  Yangi yil - har bir xonadonda bolalar va katta yoshdagilarning eng sevimli bayramidir, hamma ushbu bayramga uzoq tayyorgarlik ko'radilar. Shuning uchun biz ham chetda qolmadik.
   2019 yilgi Yangi yilni nishonlash munosabati bilan, joriy yilning 29 dekabr kuni BMB Trade Group rahbariyati Yangi yil bayramini tashkil etdi. Ushbu bayram kechasida BMB Trade Group kompaniyaning, BMB Agro Trade, BMB Logistic, BMB Zomin Agro, shuningdek, SILVERLEAFE BMB AGRO TRADE GROUP MChJ QK, BMB AZ MODERN ENGINEERING MChJ QK, Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazining barcha xodimlari ishtirok etishda hamda ushbu bayramda Qorbobo va Qorqiz ham qatnashdilar.
   Bayram arafasida Yangi yil o'yinlari va tanlovlar o'tkazildi, shuningdek, Yangi Yil bayramiga barcha hodimlar BMB Trade Group kompaniya rahbariyati tomonidan sovg'alar va mukofotlar bilan taqdirlandilar.