×

Yangiliklar

«LA FRESH FRUITS & NUTS» BOSH DIREKTORI JANOB SANJAY GULLA (HINDISTON) BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

 Joriy yilning 25 dekabr kuni BMB Trade Group kompaniyaning Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Hindistonlik tadbirkor Sanjay Gullah bilan muzokaralar bo'lib o'tdi.
 Uchrashuvda qishloq xo'jaligi sohasidagi biznesni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha birgalikdagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Sanjar Gullah qo'shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. U "LA FRESH fruits & nuts" kompaniyasi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish, xususan, hozirgi kunda hul mevalarni eksport qilishini aytib utdi. Hindistonda uzum va anorlarga talab borligini qayd etdi. U ikkita asosiy sohalarda hamkorlik buyicha ishlashni taklif qildi: qishloq xo'jaligi va farmatsevtika.
  Bekzod Mamatqulov kompaniyaning faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirib berdi. U O'zbekistondagi investitsiya muhiti yaxshilanayotganini va asosiy maqsadi qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishdan iborat ekanligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, kompaniya loyihalarni amalga oshirish uchun ko'plab vazifalarni hal qilishga tayyor.
   Hindistonga eksport qilish uchun janob Sanjay Gullah O'zbekiston Respublikasi hududida "Ferulla" dorivor o'simliklarini etishtirish uchun yer ajratishi bo'yicha manfaatdor.
   Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni o'rnatishdan o'zaro manfaatdorligini tasdiqladilar. Uchrashuv samimiy muhitda bo'lib o'tdi va tomonlar muzokaralar o'tkazilishidan mamnun ekanini bildirdi.