×

Yangiliklar

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A. Ikromov BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi B.Mamatqulovni qabul qildi

Mamlakatimizning farovonligini oshirish yo'lida jadal iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash bo'yicha O'zbekistonning yuksak va olijanob maqsadi davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari va biznes hamjamiyati o'rtasida konstruktiv sheriklikni o'rnatish va rivojlantirish borasida kuchli omil bo'lib xizmat qiladi.
Yangilangan O'zbekiston - bu eksportga yo'naltirilgan sanoatni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilishni, transport va logistika masalalarini, shuningdek mintaqalararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilishga imkon beradigan yangi yondashuvlardir.
Bu esa maxaliy tadbirkorlarning zimmasiga alohida mas'uliyatni belgilaydi. U nimada ifodalanadi? Bu uzoq muddatli rejalarni belgilab beradigan, strategik muhim maqsadlarga erishish, vatandoshlar manfaatlarini inobatga olgan va respublikaning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida munosib o'rnini ta'minlaydigan ijtimoiy yo'naltirilgan biznesdir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning yalpi majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ma'ruzasida ta'kidlaganidek, "aholi kechagi yutuqlardan qoniqmaydi. Doimiy izlanish va bunyodkorlik bugungi kunning odatiy holidir. Faqat ushbu talablarga muvofiq ishlasak, biz odamlar hayotini yaxshi tomonga o'zgartira olamiz”.
Ushbu dolzarb va murakkab masalalar bugun "BMB Trade Group" Investitsiyaviy Konsalting Kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov va O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov tomonidan muhokama qilindi.
SSP rahbariyati taklifiga binoan bo'lib o'tgan uchrashuv davomida Bekzod Mamatqulov “BMB Trade Group” Investitsiyaviy Konsalting Kompaniyasi boshqa tadbirkorlik subyektlari qatorida investitsiyalarni jalb qilish, eksportni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va ularning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish va o'qitish maqsadida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotiga 2017-yilda ixtiyoriy ravishda a'zo bo'lganligini ta'kidladi.
“BMB Trade Group” Investetsiyaviy Konsalting Kompaniyasi rahbari Savdo-sanoat palatasi xodimlariga va shaxsan A.Ikromovga xalqaro investitsiya, B2B biznes uchrashuvlari va biznes-forumlarda tadbirkorlarga, shu jumladan BMB Trade Group kompaniyasiga xorijiy sarmoyadorlar va importyorlar orasidan ishonchli sheriklarni topishga ko'rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu jumladan, eksportni qo'llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish biznes-forumlarni tashkil etish Boshqarmalari tadbirlarni yuqori darajada tayyorlab kelayotganini yuqori baholadi.
O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi ko'magida rossiyayalik «Национальная резервная корпорация» bilan xamkorlikda amalga oshirilayotgan Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida Agrologistik kompleksni barpo etish bo'yicha 50 million dollarlik kelishuv ana shunday loyihalarga misol bo'la oladi. Ushbu masala 2019 yil oktyabr oyida Toshkentda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan O'zbekiston-Rossiya Ishbilarmonlar Kengashining 4-yig'ilishida ham muhokama qilingan edi.
Yuqorida aytib o'tilgan tadbirni boshqargan A. Ikromov ta'kidlaganidek, Agrologistik kompleksi loyihasining o'ziga xosligi shundaki, bu xalqaro moliyaviy fondlar ishtirokisiz bevosita xususiy kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan birinchi loyiha bo'lib, ilg'or kontseptsiyaga asosida barcha ruxsatnomalarni, shu jumladan Rosselxoznadzor xujjatlarini berishni, va sig'imi 10 ming tonnaga teng bo'lgan muzlatgichlarni taqdim etadi.
Ikkinchi noyob loyiha 2020-yil 17-yanvarda tashkil etilgan BMB Europe o'zbek-fransuz qo'shma korxonasi doirasida quritilgan meva va sabzavotlarni Yevropa standartlariga muvofiq mahsulotlarni qadoqlash va sotishni amalga oshirish bilan bog'liq. Ko'pgina mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ta'minotchi kompaniyalari tijorat takliflarini yuborib va mahsulotlarni Yevropa bozorlariga eksport qilishda yordam berish uchun murojaat qilmoqda.
Umuman olganda, ikkala loyiha ham hukumatning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksportini 1,2 milliarddan 2,5 milliard dollargacha oshirish, shuningdek, respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish nuqtai nazaridan misli ko'rilmagan ahamiyatga ega.
O'z navbatida SSP raisi Adham Ikromov BMB Trade Group Kompaniyasi o'zining qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilar hamda xorijiy investorlar uchun ishonchli sherik brendi sifatida qabul qilinayotganini e’tirof etdi.
SSP rahbari eksportni yanada muvaffaqiyatli rivojlantirishga to'sqinlik qiladigan mavjud muammolarni, investitsiyalarni jalb qilishda va ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirishda, mavjud to'siqlarni bartaraf etish yo’llarini muhokama qilishni taklif qildi. A. Ikromov BMB Trade Group Kompaniyasi ularni hal qilish bo'yicha to'plangan tajribasi va ishlab chiqilgan yondashuvlar boshqa mahalliy kompaniyalar uchun alohida qiziqish uyg'otishini ta'kidladi.
O'z navbatida, B. Mamatqulov erishilgan natijalar, avvalambor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan bozor munosabatlarini liberallashtirish sohasida islohotlarni boshlagani va tadbirkorlarga maqsadli, tizimli qo'llab-quvvatlashga qaratilgan xarakatlarning natijasi ekanligini ta'kidladi.
Bu qonun bilan belgilangan investitsiyalarni jalb qilish, eksportni qo'llab-quvvatlash, eksportga yo'naltirilgan tarmoqlarni rivojlantirish uchun subsidiya, imtiyoz va preferentsiyalarga taalluqlidir.
Davlat Rahbari tashqi siyosatdagi xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarda qo’llagan konstruktivizm, ochiqlik va o’zaro manfaatli "yutuq-yutuq" tamoyillaridan olingan samarali amaliy tajribasi ham kompaniya faoliyatida qo’llanilgan.
B. Mamatqulov ta'kidlaganidek, kompaniya davlat va nodavlat notijorat tuzilmalari (SSP), shuningdek ishbilarmon doiralari bilan konstruktiv muloqot olib boradi. Tashqi ishlar vazirligi va O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, Investitsiyalar va tashqi savdo (Investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rag'batlantirish agentligi), Qishloq xo'jaligi, Iqtisodiy rivojlanish va sanoat vazirliglari va boshqa ko'plab idoralar doimo ochiq va tezkor ravishda kerakli ma'lumotlarni taqdim etadilar va amaliy yordam ko'rsatadilar.
SSP faoliyatidagi ijobiy natijalar va yutuqlarga hamda BMB Trade Group Kompaniyasining bergan yuqori bahosiga qaramay, A. Ikromov muntazam ravishda ochiq va konstruktiv tanqidiy fikrlarni tinglashga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Xususan, Savdo-sanoat palatasi muntazam ravishda tadbirkorlarning takliflarini o'rganib chiqadi, ularning faoliyatiga taalluqli bo’lgan qonun loyihalarini muhokama qilishni tashkil etadi.
Bundan tashqari, SSPga a'zolikning afzalliklari, taqdim etilayotgan xizmatlar to'g'risida tadbirkorlarning xabardorligini oshirish, hududiy boshqarmalar ishini yaxshilash, shuningdek SSPning "call-markaziga" kiruvchi qo'ng'iroqlarga o’z vaqtida sifatli javob berish xizmatini yaxshilash choralari ko'rilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashishdilar va SSP faoliyatini yanada takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, Yangilangan O'zbekistonning oldidagi maqsadlariga erishish uchun mas'uliyatli tadbirkorlik sinfini rag'batlantirish va kengaytirish yo'llarini muhokama qildilar.
Uchrashuv so'ngida BMB Trade Group Kompaniyasi rahbari B.Mamatqulov Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovga ochiq va konstruktiv muloqot uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi va kelgusida ham hamkorlik davom etishiga umid bildirdi.