×

Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B.Boboyev bilan uchrashuv o'tkazildi

2020-yil 24-yanvar kuni BMB Trade Group Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulovning taklifiga binoan O'zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahrom Boboyev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv boshida B. Mamatqulov janob B.Boboyevga kompaniyaning ofisiga tashrif buyurgani va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik qo'shma loyihalari bilan tanishishga qiziqish bildirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Ayniqsa, kompaniyaning quyidagi samarali loyihalariga ko’proq e’tibor qaratildi: barcha zarur ruxsatnomalarni "yagona darcha" asosida qayta ishlash tizimi mavjud bo'lgan Agrologistik majmuasi (BMB NRC-agrologistics O'zbekiston-Rossiya qo'shma korxonasi), shuningdek, quritilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksportini tashkil etish (BMB Yevropa-O'zbekiston-Fransiya qo'shma korxonasi).

Kompaniyaning qo'shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, eksportni tashkil etish, shuningdek xorijiy kompaniyalarga konsalting xizmatlarini ko'rsatish borasidagi imkoniyatlari haqida qisqacha taqdimotdan so'ng tomonlar O'zbekiston-Polsha savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, eng jadal rivojlanayotgan eksport tarmoqlarini (to'qimachilik, qishloq xo'jaligi mahsulotlari) o’stirishdagi dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

B.Boboyevning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan sotib olingan meva va sabzavotlarning umumiy hajmining qariyb 40 foizi Polshaga to’g’ri keladi, va bu davlat Yevropaning eng yirik importchisi bo'lib qolayotganligidan dalolat beradi.

Xususan, tomonlar eksport mahsulotlarini Polsha bozoriga olib chiqish, shuningdek, BMB Trade Group kompaniyasining meva va sabzavotlarni yetkazib berishni ta’minlash masalalarini ko'rib chiqishga kelishib oldilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida import qiluvchi buyurtmachining talablariga binoan Qorako'l terisini Polshaga eksportini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilindi.

O'z navbatida, B.Mamatqulov BMB Trade Group kompaniyasi diplomatik vakolatxonalarining ishonchli hamkori sifatida xorijiy kompaniyalarga konsalting xizmatlarini ko'rsatishga hamda O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.