×

Yangiliklar

Fransiyada BMB Europe o'zbek-fransuz qo'shma korxonasi tashkil etildi

17-yanvar kuni Parijda BMB Trade Group va Advantage Central Asia (Fransiya) investitsiya va konsalting kompaniyalari BMB Europe nomli quritilgan meva va sabzavotlarni Yevropa bozoriga qadoqlab chiqarish va reklama qilish bo'yicha
o'zbek-fransuz qo'shma korxonasini ro'yxatdan o'tkazdilar.

Fransiyaning "Advantage Central Asia" investitsiya va konsalting kompaniyasi xalqaro kompaniyalarning biznesini qo'llab-quvvatlashga ixtisoslashgan konsalting kompaniyadir. Kompaniya G'arbiy Yevropa va Markaziy Osiyo bozorlarini tahlil qilish bo'yicha xizmatlarni taqdim etadi, eksport-import loyihalarini tayyor holda nazorat qiladi.

2019-yil dekabr oyida imzolangan qo'shma faoliyat to'g'risidagi kelishuvga muvofiq, kompaniyalar 20 milliard yevro yuqori marjasi bilan ajralib turadigan quritilgan meva, sabzavot va yong'oqning Yevropa bozoriga olib chiqish strategiyasini ishlab chiqdilar.

Tahlilchilarning fikriga ko'ra, qisqa muddat ichida O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar yiliga 1 milliard yevrodan ortiq bozor segmentiga ega bo'lishlari mumkin.

Loyihaning umumiy qiymati 4 million yevroni tashkil etib, ulushlar sheriklar o'rtasida teng taqsimlanadi. Shu bilan birga, hamkor fransuz tomoni ishlab chiqarish binosi, mahsulotni sertifikatlash xarajatlari, mahsulotlarni Yevropa bozorida sotishda qadoqlash uchun ruxsat olish kabi xizmatlarni bajarish majburiyatini oladi.

O'z navbatida, BMB Trade Group investitsiya va konsalting kompaniyasi, shok usulida muzlatish va sublimatsiya liniyalarini sotib olish, shuningdek qayta ishlash uchun xom ashyo yetkazib berish majburiyatini oladi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun tomonlar bosqichma-bosqich harakat rejasini tasdiqladilar, Fransiyaga dastlabki 480 ming yevro miqdoridagi quritilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berish 2020 yilning iyun oyiga rejalashtirilgan. BMB EUROPE qo’shma korhonasi tomonidan dastlabki qadoqlangan mahsulotlar Fransiyadagi yirik chakana savdo tarmoqlari, shu jumladan Carrefour gipermarketlar tarmog’iga realizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Umuman olganda, yaqin kelajakda qo'shma loyiha rajasiga ko’ra quritilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksportini yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratishi mumkin. Yevropa bozorlaridagi qulay vaziyatni hisobga olsak, ushbu kompaniyaning xizmatlariga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan talab yuqori bo'lishi kutilmoqda.