×

Yangiliklar

BMB TRADE GROUP DELEGATSIYASI O'ZBEKISTONNING HINDISTONDAGI ELCHIXONASIGA TASHRIF BUYURDI

2019-yil 9-yanvar kuni BMB Trade Group kompaniyasi vakillari Hindistondagi savdo va iqtisodiyot masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Elchisining birinchi maslahatchisi Uktamjon Shomurotov tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda kompaniya Bosh direktorining maslahatchisi Nuriddin Mamatov va eksport bo'limi boshlig'i Mirakbar Dadajonov U. Shomuratov bilan Hindiston ishbilarmon doiralari bilan hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini tashkil etish, O'zbekistonga investitsiyalarni jalb etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

O'zbekiston elchixonasining Hindistondagi rahbar xodimi ta'kidlaganidek, Hindiston investorlarining qishloq xo'jaligi loyihalariga, to'qimachilik sanoati, farmatsevtika, mehmonxona biznesi va qurilishni rivojlantirishga qiziqishi sezilarli darajada oshdi. O'z navbatida N. Mamatov Respublika diplomatik vakolatxonasining hindistonlik ishbilarmon doiralari orasida hamkorlarini izlashda ko’rsatgan e'tibori va ko'magi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, N.Mamatov 2019 yil dekabr oyida Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Santosh Dja bilan uchrashganini va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini hind bozoriga eksport qilishni tashkil etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarni qayd etdi.

Kompaniya vakillari, shuningdek, Rossiyalik, Frantsiyalik va Italiyalik hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya va eksport loyihalari va mahalliy qishloq xo'jaligi mahsulotlarini Yevropa df Rossiya bozorlariga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlari bilan birgalikda haqida suhbatlashdi.

Suhbat yakunida tomonlar BMB Trade Groupning Hindiston kompaniyalari bilan biznes aloqalari va hamkorligini yo'lga qo'yish va mustahkamlash bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab olishdi.