×

Yangiliklar

AGROLOGISTIKA KOMPLEKS YARATISH HAQIDA HUKUMATNING QARORI QABUL QILINDI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 23-dekabr kuni imzolangan 1027-sonli qaroriga ko'ra 2021-yilga qadar Jizzax viloyatining Sharaf Rashidov tumanida zamonaviy Agrologistika  kompleksi qurilib foydalanishga topshiriladi.

Mazkur yirik loyihani BMB Trade Group kompaniyasi va uning Rossiyadagi hamkori – «Национальная резервная корпорация» bilan tashkil etilgan «BMB-NRC Agrologistics» O'zbekiston-Rossiya qo'shma korxonasi amalga oshiradi.

Noyob loyiha mahalliy eksport qiluvchilarning barcha istaklarini o'zida mujassam etadi, chunki «yagona darcha» tamoyili asosida barcha ruxsatnomalar (bojxona, bank ishi, fitosanitariya, sanitariya-epidemiologiya, sertifikatlashtirish) xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlanishini ta'minlaydi.

Bundan tashqari, sig'imi 10 ming tonna bo'lgan muzlatgichlar bilan jihozlangan Agrologistika  kompleksi  «shok muzlatish» texnologiyasidan foydalangan holda saqlashga, shuningdek qishloq xo'jaligi mahsulotlarini kalibrlash, saralash, qayta ishlash va qadoqlash xizmatlarini ko’rsatadi.

Ta'kidlash joizki, Agrologistika kompleksining eng afzallik va e’tiborga molik jihati  uning hududida «Rosselxoznadzor» punkti joylashgan bo'lib, u tufayli eksport qilinadigan mahsulotning sifatga muvofiqlik sertifikati beriladi.

Loyihani amalga oshirish rejalariga ko’ra, maxalliy mahsulot «yashil yo'laklar» orqali to'g'ridan-to'g'ri Rossiya Federatsiyasi bozorini qishloq xo'jaligini eksportini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda hamkorlar Agrologistika kompleksi qurilishida loyihalashtirish ishlarini faol olib borishmoqda.