×

Yangiliklar

IINVESTITSION-KONSALTING KOMPANIYALARI HAMKORLIK TO'G'RISIDA O’ZARO KELISHIB OLDILAR

2019-yil 23-dekabr kuni BMB Trade Group Kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov "Marco Polo Consulting" kompaniyasi prezidenti va O'zbekiston Respublikasining Venetsiyadagi Venetо shahri Faxriy Konsuli Perluiji Aluisioni bilan uchrashdi.

Uchrashuvda P.Aluisio O'zbekistondan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini oxirgi iste'molchiga Italiya bozoriga eksport qilishni tashkil etishga ko'maklashishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, italiyalik suxbatdosh mamlakatimizda olma mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha bir qator konsalting xizmatlarini taklif qildi: xom ashyodan tortib olma pyuresi, marmelad va boshqa xalqaro standartlarga javob beradigan tayyor mahsulotlargacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi.

Marco Polo Consulting kompaniyasi rahbari ta'kidlaganidek, bu mahalliy meva va sabzavotlarni Yevropa bozorlariga eksport qilish imkonini beradi.

O'z navbatida, B.Mamatqulov suxbatdoshiga o'z minnatdorchiligini bildirdi, shuningdek, Italiyalik kompaniyalarining O'zbekiston bozoriga kirishi, mumkin bo'lgan sherikni tanlash va raqobat sharoitlarini baholash bo'yicha maslahat xizmatlarini taklif qildi.

Umuman olganda, tomonlar "yutuq-yutuq" tamoyili bo'yicha o'zaro maslahat xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida kelishuvga erishdilar, unga ko'ra har ikki tomon o'z navbatida O'zbekiston va Italiyada loyihalarni rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan mijozlariga tavsiya qiladigan bo’ldilar.

Uchrashuv yakunida o’zaro doimiy ravishda hamkorlik to’g’risida kelishuvga erishildi.