×

Yangiliklar

HINDISTONNING O'ZBEKISTONDAGI ELCHISI SANTOSH JHA BMB TRADE GROUP RAHBARINI QABUL QILDI

2019-yil 20-dekabr kuni Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Hindistonning O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Jha tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv boshida B. Mamatqulov janob Santosh Ja ga minnatdorlik bildirdi va BMB Trade Group kompaniyasi faoliyati bilan tanishtirdi, shu jumladan “Luxury Symposium-2019” ko'rgazmasida O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilishda ishtirok etganini aytib o’tdi.

Hindiston elchixonasi rahbari hind ishbilarmon doiralari vakillari bilan aloqalarini o'rnatishda faol qatnashishni iltimos qilib murojaat qildi.

Shu munosabat bilan istiqbolli investitsiya loyihalari, Hindiston bozoriga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek hind kompaniyalariga konsalting xizmatlarini taqdim etish masalalari batafsil muhokama qilindi.

O'z navbatida janob Santosh Jha O'zbekiston va Hindistonning iqtisodiy aloqalari jadal rivojlanib borayotganini ta'kidlab, Toshkent va boshqa  viloyatlaridagi, masalan Gujarat shtati vakillari delegatsiyasi ishtirokidagi mintaqalararo biznes-forumlarga misollar keltirdi.

Xususan, hind kompaniyalari mehmonxona biznesi, klinikalar, qishloq xo'jaligi loyihalarini qurish uchun sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirmoqdalar va hind bozoriga quritilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berishga qiziqish bildirmoqdalar.

Shuningdek, janob Jhaning fikricha BMB Trade Group rahbarining takliflari hind biznes vakillarida qiziqish uyg’otishi mumkinligini ta'kidladi.

Uchrashuvning muhim erishuvi sifatida shuni ta’kidlab o’tish lozimki, BMB Trade Group va hind kompaniyalari o'rtasida ishbilarmonlik aloqalarini yaxshilash bo'yicha rejalar ishlab chiqish uchun muntazam aloqalarni o'rnatish to'g'risida kelishuv bo'ldi, bu esa O'zbekiston va Hindiston ishbilarmon doiralari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.