×

Yangiliklar

PRESS-RELIZ

O'zbekistonda za'faron ishlab chiqarish va eksportini tashkil etish bo'yicha OPERA SRL (Italiya) bilan hamkorlik to'g'risida memorandumni imzolandi.
 

BMB Trade Group investitsiyonniy-konsalting kompaniyasi faoliyatining strategik yo'nalishlaridan biri Yevropaning taqchil bozorlarini egallash maqsadida eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdir.

Shunisi e'tiborga loyiqki, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 7-dekabrdagi Qishloq xo'jaligi ishchilari kuniga bag'ishlangan tabriknomasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulot eksportini 2020-yilda 2,5 milliard dollarga etkazish vazifasi va kelgusi uch yil ichida 5 milliard AQSh dollariga teng miqdorda chiqarish vazifasi qo’yilgan.

Marketing tadqiqotlari jarayonida jahon bozorida 1 kg za'faronning narxi 400-1000 AQSH dollarni, 1 kg gulining bahosi 2,5-5 ming dollarni tashkil qilishi aniqlandi, birinchi yilda har gektar maydondan 4 kg dan olish mumkin va ikki yilda 15-16 kg qimmatbaho zafaron mahsulotini ishlab chiqarish mumkin.

Tuproq-iqlim tahlilining ma'lumotlariga ko’ra Farg'ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida za'faron kabi qimmat mahsulotni yetishtirish uchun qulay sharoitlar mavjudligi o’z tasdiqini topdi.

Shu munosabat bilan, 2019-yil 15-dekabrda BMB Trade Group Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov va Italiyaning OPERA SRL kompaniyasi direktori Paolo de Angelis zafaron mahsulotini Italiya va boshqa Yevropa bozorlariga ishlab chiqarish va eksport qilish sohasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzoladilar.

Ikki tomonlama hamkorlik hujjatining imzolanishidan avval Rim va Toshkentda O'zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi ko'magi bilan tashkil etilgan kompaniya rahbariyatlari o'rtasida bir qator tayyorgarlik uchrashuvlari va muzokaralari bo'lib o'tdi.

Tomonlarning kelishuviga ko’ra zafaron mahsulotini o'stirish uchun tuproqni o'rganish, mahsulot sifatini aniqlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion laboratoriya qurish, professional agronom va texnologlarni jalb qilish, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash va texnik, tibbiy, oshpazlik va boshqa maqsadlar uchun zafaronni qayta ishlash uchun ishlab chiqarishni boshlashni o'z ichiga oladi.

Tomonlar zafaronni o'stirish va qayta ishlash bo'yicha O'zbekiston-Italiya korxonasini O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazmoqchi.




 

BMB Trade Group

Axborot Xizmati

2019 Yil 18 dekabr.