×

Yangiliklar

O'ZBEK-MALAZIYA BIZNES FORUMIDA ISHTIROK

2019-yil 16-dekabr kuni Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi ko‘magida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, shu jumladan BMB Trade Group vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Malayziya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir boshida Toshkent SSP vakili S. Ivashchenko Respublikada xorijiy investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha olib borilayotgan maqsadli va keng qamrovli ishlar, shuningdek qayd etilgan ijobiy dinamik o`zgarish to'g'risida qisqacha so'zlab berdi.

Shundan so’ng "Cloud Union" rahbari Ten Yee Lim, bosh menejer Samanta Kox va Malayziya kompaniyalarining boshqa vakillari elektron tijoratni tashkil etishning yangi texnologiyalari, O'zbekiston mahsulotlarini eksportini rag'batlantirish uchun raqamli platformalar, shuningdek, O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari to'g'risida gaplashdilar.

Forumda “O'zbekiston eksportchilari” uyushmasining rahbari Muxtor Umarov o’z fikrlarini bildirdi va mahalliy tadbirkorlar qiziqtirgan elektron tijorat va eksport operatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha Malayziyalik sheriklar bilan qo'shma korxonalar tashkil etish orqali O'zbekiston mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tadbirning ikkinchi qismida BMB Trade Group kompaniyasining investitsiya loyihalari, xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi rahbari Bahodir Kamilov “Cloud Union” rahbari Ten Yee Lim, Samanta Kox, Digital Currency Electronic Payment International Foundation prezidenti Demian Ong, Xalqaro iste'molchilar uyushmasi vakillari Khair Ahmad и Yeo Kok Vui bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Malayziya ishbilarmon doiralari vakillari BMB Trade Group investetsionniy-konsalting kompaniyasining imkoniyatlariga qiziqish bildirdilar, shuningdek, Malayziyaga quritilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, shuningdek, o'zaro manfaatli hamkorlik uchun boshqa loyihalarni eksport qilishni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Umuman olganda, biznes-forumda ishtirok etish kompaniyaning malayziyalik sheriklar bilan biznes aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qildi.