×

Yangiliklar

EKSPORTNI RAG'BATLANTIRISH SOHASIDAGI IMKONIYATLARNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA ISHCHI UCHRASHUV

2019-yil 12-dekabrda “Hyat Regency” mehmonxonasida OECD, EI, “Enterprise Georgia” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O'zbekiston eksportchilari” uyushmasi va BMB Trade Group savdo-investitsiyaviy va konsalting kompaniyasi vakillari ishtirokida Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlikni oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston mahsulotlarining eksport samaradorligini oshirish masalalari, to'sqinlik qiladigan faktorlar va ularni hal qilishning asosiy yo'llari muhokama qilindi. Tadbir qatnashchilari “Eksport siyosatini takomillashtirish orqali O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta biznesning xalqaro miqyosda rivojlanishiga ko'maklashish” ma'ruzasining asosiy yo'nalishlari bo'yicha tajriba va fikr almashdilar.

Davlat idoralari, notijorat tashkilotlari va xususiy konsalting kompaniyalari xalqaro tashkilotlari vakillari ishtirokidagi konstruktiv muloqot davomida mahalliy mahsulotlar eksportini yanada rag'batlantirish bo'yicha kontseptual yondashuvlar ishlab chiqildi.

Taqdimotlar shuningdek, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi departamenti rahbari Aleksey Sim, “Enterprise Georgia” agentligi rahbar o'rinbosari Tornike Zirakishvili, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlik bo'limi boshlig'i Fransua Bejo va OECD Yevrosiyo bo'limi loyihasi ishi bilan shug’ullanuvchi Arno Prete tomonidan taqdim etildi.

Tadbirda «O'zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi Muxtor Umarov so'zga chiqib, eksportni tashkil etishdagi mavjud muammolarni, ularni tezda hal etishni osonlashtiradigan elektron platformalarni qisqacha va aniq so’zlab berdi.

M. Umarov ta’kidladiki, asosiy sheriklaridan biri, BMB Trade Group investitsiya va konsalting kompaniyasi rahbari Bekzod Mamatqulov Uyushma raisining maslahatchisi bo'lib, eksportni rivojlantirish va O'zbekistonga sarmoyalarni jalb qilish bilan faol shug'ullanadi.

Xalqaro tashkilotlar vakillari, Italiya va Gruziya ekspertyorlari bilan suhbatlar chog'ida BMB Trade Group kompaniyasining investitsiya loyihalari, xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i B.Kamilov kompaniyaning tashqi savdo vakolatxonalarini ochish va mahalliy mahsulotlarni Yevropa bozorlariga olib chiqish bo'yicha olib borayotgan ishlari haqida gapirdi va bu holat mehmonlarda katta qiziqish va qo'llab-quvvatlovni uyg'otdi.

Umuman olganda, ushbu tadbir mahalliy mahsulotlar eksportini rivojlantirish bo'yicha mavjud muammolarni hal qilish bo'yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga yordam berdi.