×

Yangiliklar

BMB TRADE GROUP KOMPANIYASI VAKILLARI XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHIGA BO'LIB O'TADIGAN SAYLOVLARIDA ISHTIROK ETADILAR!

BMB Trade Group jamoasi O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O'zLiDeP) nomzod qilib ko'rsatilgan hamkasblariga saylovda omad tilaydi:

Asamov Mahmud Sunnatullayevich- BMB Trade Group kompaniyasi Bosh direktori, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga nomzod;

Mamatqulov Aziz Akmalovich- kompaniya ta’sischisi, BMB Agro Trade kompaniyasi direktori, Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashiga nomzod.

Bunday vatanparvar, mehnatsevar, mas'uliyatli tadbirkorlar, rahbarlik qobilyatiga ega hamda deputatlikka eng munosib nomzodlar ekanligiga ishonch bildiramiz!

O'zlarining fidokorona mehnati bilan Mahmud Asamovva Aziz Mamatqulov bugungi kunning o’zidayoq aholining ijtimoiy muammolarini hal qilishda faol ishtirok etmoqda!

Ular Jizzax viloyatining Arnasoy, Paxtakor, Zomin, Bahmal va Sharof Rashidov tumanlaridagi eng faol investitsiyaviy loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlardir.

Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektoriga investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, fermer xo’jaliklari va yirik jamoalarni boshqarish hamda yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksportini amalga oshirishda katta tajribaga ega, deputatlikka nomzod Mahmud Asamov va Aziz Mamatqulovlar xalq manfaatlarining munosib himoyachilariga aylanadilar!

Kompaniya jamoasi Arnasoy va Do’stlik tumanlari aholisini O'zLiDeP dan ko’rsatilgan Asamov Mahmud Sunnatullayevich va Mamatqulov Aziz Akmalovich nomzodlarini qo'llab-quvvatlashga chaqiradi!

 

BIZ BIRGALIKDA KATTA KUCHMIZ!