×

Yangiliklar

MARIO ORIOL BILAN UCHRASHUV

Bugun, 1-dekabr, Ispaniyaning poytaxti Madridda, Energija ofisida Talgo sobiq vitse-prezidenti, Energija xalqaro direktori Mario Oriol va BMB Trade Group Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Botir Yoqubov va Alisher Nikimbaev ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida BMB Trade Group va Ispaniyalik hamkorlar o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mario Oriol so'nggi yillarda O'zbekistonda iqtisodiy sohada qo'lga kiritilgan yutuqlarni yuksak qadrlashini, shuningdek, o'zbek kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi.