×

Yangiliklar

BMB TRADE GROUP KOMPANIYASINING EVROPA SAFARI YUNONISTONDAN BOSHLANDI

2019-yil 17-sentabr kuni Kuzatuv Kengashi raisi B. Mamatqulov va "BMB Trade Group" kompaniyasining ta’sischisi M.Dadajonov Yevropa safari doirasida Afina shahriga (Gretsiya) kelib, O'zbekiston Respublikasining Bosh konsuli O. Qosimov tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuv davomida O.Qosimov vatandoshlarini samimiy qutladi va  O'zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga loyiq bo'lgan yirik hamda ishonchli yunon kompaniyalarining investitsion imkoniyatlarini muhokama qildilar. 

Afinadagi O'zbekiston konsullik muassasasi rahbari hamrohligida kompaniya delegatsiyasi Soloniki shahriga yo'l oldi, va u yerda yirik yunon konsalting kompaniyalari bilan aloqalar o'rnatdi hamda biznes muzokaralar o'tkazdi.

Hususan, "Oral Consulting Engineering" kompaniyasi rahbari Avraam Kassiteridis bilan muzokaralar chog'ida O.Qosimov Respublikada qulay sarmoyaviy muhit haqida so'zlab berdi. O'z navbatida, kompaniya vakillari xorijiy investorlarga investitsiya-konsalting xizmatlari ko'rsatish tajribasi, mijozlar bazasi tobora kengayib borayotgani haqida so'zlab berdilar.  

Кompaniyа o'z faoliyatini "win-win" ("yutuq-yutuq") tamoyili asosida qurayotgani, bu esa har ikkala hamkorga ham muvaffaqiyat qozonish va foyda olish imkonini yaratilishi alohida ta'kidlandi.

O'z navbatida, Avraam Kassiteridis investitsiya-konsalting xizmatlarini ko'rsatish sohasida "Oral Consulting Engineering" kompaniyasining amaliy tajribasi va keng investitsion imkoniyatlarga ega bo'lgan yunon ishbilarmon doiralarining keng mijozlar bazasi bilan o'rtoqlashdi.

Biznes-uchrashuv yakunida respublika mintaqalarida aniq obyektlar, tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish bo'yicha kelishuvlar bo'lib o'tdi.

Yunon hamkorning istiqbolida o'sib borayotgan investitsion salohiyatini hisobga olgan holda  kompaniya rahbariyati Gretsiyada o'z vakolatxonasini ochishga qaror qildi.

Bosh Кonsul O.Qosimov ko'magida Larissa shahrida joylashgan tomchilatib sug'orish uskunalari ishlab chiqarish sohasidagi yetakchilardan biri hisoblangan "ADRITEC EUROPE" kompaniyasi direktori Yannis Bozikis bilan biznes-uchrashuv bo'lib o'tdi.

Kompaniya korxona tomonidan eng zamonaviy  texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan texnika namunalari (tomchilatib sug'orish quvur tizimlari, lenta, tashqi quvur va shlanglar, HDPE-quvurlar, filtrlash stansiyasi va boshqa butlovchi qismlar) bilan joyida batafsil tanishdilar. Bundan tashqari, hamklorlar paxta dalalarida to'g'ridan-to'g'ri ishlatiladigan zamonaviy agrotexnologiyalarni namoyish etdilar.

Uchrashuv davomida, Adritec Group kompaniyasi direktori Y.Bozikis uning kompaniyasi tarkibida 4 qit'ada joylashgan 11 sho’ba ishlab chiqarish va tijorat korxonalari, shuningdek, o'nlab mamlakatlarda irrigatsiya tizimlari tarqatish nuqtalari tarmog'iga ega ekanini ta'kidladi.

Ko'pgina analoglardan farqli o'laroq, Adritec Group uskunalari tuproq namligiga qarab suv ta'minotini nazorat qilish imkonini beradi, resurslarni har bir o'simlikka mos ravishda taqsimlaydi. Bundan tashqari, o'simlikning ildiz tizimi atrofidagi tuproq qatlamlarida eng qulay suv muhit yaratiladi.

Shu munosabat bilan tomonlar O'zbekistonda qo'shma ishlab chiqarishni rivojlantirish va tomchilatib sug'orishning zamonaviy tizimlarini amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni davom ettirish niyatlarini bildirdilar.

Kompaniyaning Yevropadagi safari davom etmoqda.