×

Yangiliklar

ISLOMOBODDA BMB TRADE GROUP KOMPANIYASI RAHBARIYATINING NAVBATDAGI BIZNES-UCHRASHUVLARI BO'LIB O'TDI

Joriy yilning 12-13 sentyabr kunlari O'zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi F.Sidikov tashabbusi bilan Pokiston tadbirkorlari hamda BMB Trade Group kompaniyasi Bosh direktori M.Asamov o’rtasida o’zaro uchrashuv va muzokarlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuvlar davomida "Habibi Chain Of Restaurants" restoran tarmoqlarining rahbarlari Toshkentda o'z restoranlar tarmog’ini tashkil etish, shuningdek Islomobodda o'zbek milliy taomlari restoranlarini ochish xususida fikr almashdilar.

Yuqori texnologiyalar bilan shug'ullanuvchi "FUTURETEK" kompaniyasi, Yaponiya texnologiyalari asosida keng turdagi plastik mahsulotlari (plastik quvurlar, plastik qoplamalar) ishlab chiqarish hohishi  bilan chiqishdilar. Shuningdek, "Hi-Tech" kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida zamonaviy texnologiyalar asosida “aqlli uylar” bunyod etish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi "Kashmir Gems Stone" hamda estalik sovg’alar tayyorlovchi "Dream Land Handi Craft" Kompaniyalari O'zbekiston Respublikasiga sayyohlarning soni o'sib borayotganini hisobga olgan holda o'z mahsulotlarini O’zbekistonda ishlab chiqarish va sotishda o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish taklifini bildirdilar.

Islomobod Savdo-Sanoat Palatasi a'zosi A. Reagan va "ADMIROR" vakili M. Basharat farmatsevtika va turizm sohasida investitsiyaviy loyihalarini ishlab chiqish uchun  tegishli konsalting xizmatlarini olish niyatini bildirishdi.

Umuman olganda, BMB Trade Group rahbariyatining tashrifi potentsial mijozlar va hamkorlik bazasini kengaytirish hamda investitsiyaviy loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, O'zbekistonda o'z biznesini ochishdan manfa’atdor xorijiy kompaniyalar uchun konsalting xizmatlarini ko'rsatish imkonini berdi.

Uchrashuvlar yakunida BMB Trade Group Bosh Direktori M.Asamov yuqoridagi kompaniya vakillarini kelgusidagi ikki tomonlama manfa’atli loyihalarni amalga oshirish maqsadida muzokaralar o’tkazish uchun O’zbekistonga taklif qildi.