×

Yangiliklar

POKISTONDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 28-YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR O’TKAZILDI

Joriy yilning 12-sentabr kuni Islomobod shahrida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi O'zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi F.Sidiqov tomonidan tantanali o’tkazildi.

Tadbirga Islomobodda akkreditatsiyadan o'tgan 70 dan ortiq diplomatik missiya rahbarlari, shuningdek, 100 dan ortiq yirik Pokiston kompaniyalari rahbarlari taklif etildi va jami mehmonlar soni 500 kishini tashkil etdi.

Favqulodda va Muxtor elchi F.Sidikov va uning rafiqasi tadbirga taklif etilgan Pokiston hukumati a'zolari, biznes hamjamiyati vakillari, shuningdek, ushbu respublikada xorijiy davlatlarning dipkorpusi tomonidan tabriklar qabul qilib oldilar.

Tadbirda "BMB Trade Group" kompaniyasining bosh direktori Mahmud Asamov ham ishtirok etib, maxsus stendda yangi va qayta ishlangan qishloq-xo'jalik mahsulotlarining rasta qatorini taqdim etdi.

Ta'kidlash joizki, xorijiy diplomatlar, shuningdek, ishbilarmon doira vakillarining yuqori martabali mehmonlari mini-ko'rgazma o'tkaziladigan joyga qiziqish bilan tashrif buyurishdi, hamda Pokistonning yetakchi importchisi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifatini tatib ko'rdilar.

BMB Trade Group bosh direktori M. Asamov tadbir ishtirokchilari va Pokistonning hamkasblari bilan meva-sabzavot mahsulotlari stendida, qisqa biznes-uchrashuvlarini o'tkazib, kompaniyamizning investitsiya-konsalting faoliyatini yoritib berdi.


O'z navbatida, xorijlik diplomatlar va mahalliy tadbirkorlar kompaniyamiz mahsulotlarini mamnuniyat bilan tatib ko'rdilar va BMB Trade Group kompaniyasi tarqatma materiallari bilan tanishib, hamkorlik o'rnatish uchun aloqa almashildi.

Xususan, bir qator tadbirkorlar O'zbekistonda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bo’yicha o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishga qiziqish bildirdilar.