×

Yangiliklar

BMB TRADE GROUP KOMPANIYASI VAKILLARINING O‘ZBEKISTON – QOZOG‘ISTON ISHBILARMONLAR KENGASHINING 3-YIG’ILISHIDAGI ISHTIROKI

BMB Trade Group kompaniyasi vakillari A.Begimov va B.Kamilovlar 11-sentabr kuni, O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining 3-yig’ilishining biznes forumida ishtirok etishdi.

Tadbir “Buyuk Kelajak” INGO, Qozog'istonning Toshkentdagi elchixonasi, Qozog'iston tashqi savdo palatasi, Atameken Qozog'iston Respublikasi Milliy tadbirkorlik palatasi, Savdo va integratsiya vazirligi tomonidan O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko’magida tashkil etildi.

Forumning “B2B” formatida O'zbekiston-Qozog'iston ishbilarmonlar kengashi raislari ham - O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, shuningdek, Qozog'iston Respublikasi tashqi savdo palatasining rahbari A.Yerenov kirish so'zlarida, davlatlar o’rtasida o'sib borayotgan savdo-sotiq, mintaqalararo aloqalarni yanada faollashtirish muammo istiqbollari to'g'risida aytib o’tdilar.

Yig’ilish davomida O'zbekiston tomonidan - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi - S.Sayfnazarov, Tashqi savdo ishlari vazirligi rahbari o'rinbosarlari - L. Kudratov , va Qozog'istondan  - Qozog'istonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi D.Satibaldi, Qozog'iston Respublikasi Savdo va integratsiya vazir o'rinbosari K.Torebaev, "Atameken" AESning Jambil viloyati hududiy tadbirkorlik palatasi direktor o’rinbosari O.Karjauov o’z ma’ruzalarini bayon etdilar.

Forumning ikkinchi bo'limida A.Begimov va B.Komilov Qozog'istonning 20 dan ziyod kompaniyalari faoliyati bilan tanishdilar, shu bilan birga BMB Trade Group kompaniyasining asosiy faoliyati to'g'risida ham taqdimot o’tkazdilar.

Shu jumladan, A.Krets (DEP LLP - 100 turdagi sut mahsulotlari), J. Kuntuarova ("Tsesna" konserni, donni qayta ishlash) T. Oguzxon (Sultan Marketing – un va turli xildagi makaron mahsulotlari), S. Emirov ("Optik texnologiyalar" MChJ - optik tolali tizimlar), A.Abilmajinov (L-Capital kompaniyasi) va boshqa biznes vakillari bilan batafsil muzokaralar olib borildi.

Bundan tashqari, BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun ishonchli import qiluvchi tadbirkorlarni belgilash maqsadida, “KazakhExport” va Qozog'iston Respublikasi tashqi savdo palatasi vakillari bilan aloqa o'rnatildi.

Shuni ta'kidlash joizki, Qozog'istonlik ishbilarmonlar BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan xorijiy biznes vakillariga konsalting xizmatlarini ko'rsatish masalasida alohida qiziqish bildirdilar.