×

Yangiliklar

BELARUS RESPUBLIKASI MILLIY ASSAMBLEYASI KENGASHINING VAKILI S.MOROZOV BILAN UCHRASHUVI

 

1 avgust kuni O'zbekiston va Belorus hududlararo Forumi doirasida boshqaruv tuzilmalari va ishbilarmon doiralar o'rtasidagi aloqalar va uchrashuvlari uchun ochiq muloqot maydoni sifatida yuqori darajadagi bo'lim tashkil etildi.

BMB TRADE GROUP kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi B. Mamatqulovning Belorusiya Respublikasi Milliy Majlis Kotibiyati Kengashining iqtisodiy, moliyaviy, kredit va pul munosabatlari bo'limi boshlig'i Sergey Georgievich Morozov bilan uchrashuvi Belarus Respublikasi tomonidan hududlararo Forumning maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaratilgan qulay va ishchan muhit yaratilganligidan yana bir dalolat bo'ldi.

Muhokama chog'ida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va o’zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Bekzod Mamatqulov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohatlar, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonun yo’li bilan keng qo’lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yana va ishbilarmonlik muhitini yana ham yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha, shuningdek, kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hususida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, bugungu kunda O’zbekistonda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlar mamlakatimizda toboro ko’proq chet el investorlarini jalb qilayotkanligini, bugungi kunda tadbir iqtisodiyotning turli yo’nalishlarida hamkorlik qilishning yangi yo’llarini topishga, ikki mamlakat o’rtasida do’stona munosabatlarni mustaxkamlashga xizmat qilishni ta’kidlab o’tdi.

O'zbekiston-Belarus hamkorlik aloqalarining izchil rivojlanib borishi ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlariga javob berishi, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi to'g'risida umumiy tushunchani qayd etdilar. Xususan, B.Mamatqulov BMB TRADE GROUP kompaniyasining Belorusiya kapitali va texnologiyalarini jalb qilgan holda, O'zbekistonda hududida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan manfaatdorligini ta'kidladi.

O'z navbatida, Sergey Morozov O'zbekistonda ishlab chiqarishni yaratishda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalar yordamida qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyatga ega ekanligini ma'lum qildi.
Uchrashuv yakunida B.Mamatqulov va S.Morozov o'zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va O'zbekiston Respublikasi hududlarida aniq loyihalarga Belarus sarmoyalarini jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.