×

Yangiliklar

ISROILLIK ISHBILARMONLAR BILAN UCHRASHUV

    Joriy yilning 2-iyul kuni BMB TRADE GROUP kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov qimmatbaho toshlar va brilliantlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Netanel Babaev boshchiligidagi Isroillik ishbilarmonlar delegatsiyasini bilan qabul qildi.

    Isroillik mehmonlar yurtimizda turizm hamda zargarlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qiziqishdi.B.Mamatqulov yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jumladan zargarlik hamda turizm sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan sayyohlar uchun mehmonxona va tegishli infratuzilmalarning soni va sifatini jadallashtirish uchun ko‘plab imtiyozlar yaratishga asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2019 yil  PQ-4095 – son «Turizm tarmog‘ini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g‘risida»gi qarori xususida to‘xtalib o‘tdi.  Mazkur qaror asosida taqdim etiladigan imtiyoz va qulayliklar, xususan, mehmonxona qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining mulk huquqi sifatida investorga sotilishi, 3 va 4 yulduzli mehmonxonalar 2022 yilning 1 yanvarigacha foydalanishga topshirgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlanganidan so‘ng investorlar yangi mehmonxona qurish va jihozlash harajatlarning bir qismi Davlat byudjeti mablag‘i hisobidan qoplanishi isroillik ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, mamlakatimizdagi zargarlik sohasidagi ma’lumotlar, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, isroillik ishbilarmonlarni mazkur sohada Toshkent shahrida zargarlik markazi ochish niyatini uyg‘otdi.

    Uchrashuv so‘nggida tomonlar ta’kidlab o‘tilgan sohada hamkorlik qilishda, loyihalarni amalga oshirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishga kelishib olishdi.