×

Yangiliklar

ISPANIYA QIROLLIGI SAVDO-SANOAT PALATASIDA MUZOKARALAR OLIB BORILDI

27-noyabr kuni Ispaniya Qirolligi Savdo-sanoat palatasida Palata direktori o'rinbosari Alfredo Bonet va BMB Trade Group Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralarda kompaniya asoschisi Botir Yoqubov va xalqaro departament rahbari Alisher Nikimbaev ham ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida janob Bonet kompaniyaning vakillarini Ispaniya Qirolligi Savdo palatasi tuzilmasi bilan tanishtirdi, shuningdek, Ispaniyaning kichik va yirik korxonalari bilan qanday hamkorlik qilish to'g'risida ma'lumot berdi. Bonet O'zbekiston Respublikasi xususiy sektori bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan va Savdo-sanoat palatasining ma'lumotlar bazasida BMB Trade Group haqida ma'lumotni joylashtirishga yordam berishni kafolatlagan va Ispaniya Qirolligi kompaniyalari bilan hamkorlikka qiziqish bildirgan.