×

Yangiliklar

Hindistonning "PATANJALI AYURVED LIMITED" kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv

2019-yilning 9-iyun kuni BMB TRADE GROUP kompaniyasi Kuzatuv kengash raisi B.Mamatqulov Hindistonning PATANJALI AYURVED LIMITED kompaniyasi vitse-prezidenti Dr. D.K. Mehta bilan  uchrashdi. Mazkur kompaniya 2006-yilda tashkil topgan bo’lib 2018-yilda Hindistonning eng ishonchli va tez o’sayotgan kompaniyalaridan biri sifatida topildi hamda va shu yilda umumiy maxsulot aylanmasi 1.5 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketdi.

B.Mamatqulov BMB TRADE GROUP kompaniyasi amalga oshirayotgan ko’plab ishlar xususida to’xtalib o’tdi, xususan kompaniyaning qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirishi, hamda Jizzax viloyatida har yili yetishtirayotgan mosh maxsulotini horijga export qilishini qolaversa yurtimizda eksport uchun berilayotgan keng imkoniyatlar va davlat tomanidan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanayotganini ham alohida takidlab o’tdi.

So’ngra Dr. D.K. Mehta  “PATANJALI AYURVED LIMITED” kompaniyasining shu kungacha amalga oshirga ishlari va yutuqlari haqida to’xtalib o’tdi, Shuningdek Kompaniyaning butun dunyo bo’ylab ko’plab maxsus do’konlari, xususan Hindistonning o’zida 2000 dan ziyod shaxsiy do’konlari borligi, 1000 dan ortiq maxsulot ishlab chiqarishi va 20000 dan ziyod hodimlari mavjudligi haqida ma’lumot berdi. Shu bilan bir qatorda kompaniya dunyoning ko’plab davlatlariga jumladan AQSH,Kanada,BAA, Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan eksportlarini ham aytib o’tdi. So’ngra “BMB TRADE GROUP” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida tomonlar turli sohalarda hamkorlikda ishlash mumkinligi haqida fikr almashdilar. Jumladan, Hindistonga quritilgan mevalar va asal maxsulotlarini eksport qilish bo’yicha ijobiy muzokarlar bo’lib o’tdi. Qolaversa Hindistondan shaxsiy gigienik maxsulotlarini import qilish va bozorni talabi yuqori bo’lgan maxsulotlar bilan to’yintirish to’g’risida kelishb olindi. Dr. D.K. Mehta “BMB TRADE GROUP” bilan ishlash ikki tomonga ham birdek manfa’at keltirishini takidlagan holda Hindistonga eksport qilinadigan maxsulotlardan namunalar oldi.

Uchrashuv so’nggida tomonlar kelajakda ikki tomonlama o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida kelishib olishdi.