×

Yangiliklar

HINDISTONLIK TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV

   Joriy yilning 14-mart kuni «BMB Trade Group» kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi B.Mamatqulov bugungi kunda o’z faoliyatini O’zbekistonda olib borilayotgan Hindistonlik tadbirkor - «Edifice Stone Harvesters» kompaniyasi direktori Sanjay Bhan bilan o’zaro muzokara o’tkazildi.

   Uchrashuvda tomonlar o’zaro hamkorlikka asoslangan qishloq xo’jaligi hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha loyihalarni va turizm amalga oshirish to’g’risida fikr almashishdi. Shuningdek, janob Sanjay Bhan O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Hindiston bozoriga eksport qilish taklifini bildirdi.

    Hozirgi paytda Hindiston bozorida O’zbekistonda yetishtirilgan mayiz, bodom, yong’oq kabi mahsulotlarga talab ortib borayotganligini hind tadbirkori alohida ta’kidlab o’tdi.

    O’z navbatida «BMB Trade Group» kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi B.Mamatqulov kompaniya to’g’risidagi ma’lumotlar bilan mehmonni tanishtirib, kelajakda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.

   Uchrashuv yakunida tomonlar o’zaro munosabatlar va ularning rivojlanish imkoniyatlarini muhokama qilib, samarali hamkorlikni o’rnatishdan o’zaro manfaatdorligini tasdiqladilar.