×

Yangiliklar

"BMB EXPORT GLOBAL" SHO'BA KORXONASI TASHKIL ETILDI

Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Davlatimiz rahbari va Hukumati qarorlari asosida tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni eksport qilish bo’yicha turli hil imtiyozlar berilmoqda. “BMB Trade Group” kompaniyasi o’zining oldiga maqsad qilib qo’ygan rejalariga muvofiq, “BMB Export Global” sho’ba korxonasini tashkil etdi. Tashkil etilgan, “BMB Export Global” korxonasi oldiga qo’ygan maqsad, bu qishloq-xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish hisoblanadi.

Kompaniyaning vazifasi o’zimizda yetishtirilgan mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarni bosqichma-bosqich dunyo bozoriga olib chiqishdir. Korxonada yuqori tajribaga ega malakali soha mutahassislari faoliyat yuritmoqda. Shu qatorda korxona mijozga tabiiy mahsulotlarni maqbul narxlarda, tez va sifatli yetkazib berish bo’yicha mas’uliyatni o'z zimmasiga oladi.

 

Bizning shiorimiz: “Maqsadga erishish, rivojlanish sari intilish!”