×

Yangiliklar

Ardmore Capital kompaniyasi Prezidenti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 28-fevralida BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov "Ardmore Capital" (AQSh) kompaniyasi prezidenti Burke P. McCormack bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda Amerika Qo’shma Shtatlaridan to’g’ridan-to’g’ri investitsiya olib kirishda logistika xizmatlari, marketing, qishloq xo'jaligi, sayyohlik, tibbiyot, farmatsevtika kabi sohalardagi hamkorlik loyihalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgich uskunalari qurilishi masalalari muhokama qilindi.

Burke P.McCormack "Ardmore Capital" kompaniyasi haqida ya'ni kompaniya turli sarmoyadorlar guruhlari va foydali sarmoyani qidiradigan yoki moliyaviy holatini yaxshilash bo'yicha ekspert maslahati izlayotgan loyiha ishlab chiquvchilari uchun korporativ moliyaviy echimlar taklif qiladi.

Kompaniya butun dunyoda turli korporatsiyalar va loyiha ishlab chiquvchilar bilan ishlaydi. Ushbu jarayoning bir qismi sifatida kompaniyaning so'ralgan kapital manbasiga institutsional va strategik investorlarni aniqlash va jalb qilish bo'yicha keng qamrovli aloqalari va tajribasi mavjud. Shunday qilib, mijozlar moliyalashtirishga butun dunyo bo'ylab kirish imkoniyatiga egalar. Kompaniya aktivlarni moliyalashtirish, loyihalarni moliyalashtirish, infratuzilmani moliyalashtirish, lizing va boshqa transchegaraviy imkoniyatlar uchun mijozlarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida butun dunyo bo'ylab kapital bozorlarida ko'p yillik tajribaga ega.

Bekzod Mamatqulov eng qulay investitsiya muhiti yaratish maqsadida Respublika rahbariyatini doimiy ravishda investitsiya muhitini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilayotkani, asosiy maqsad - modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlashda xususiy sektor investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, yangi ish o'rinlarini yaratish kerakligi haqida ta’kidladi.

Burke P.McCormack O'zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi, investitsiya muhitini yaxshilanishi va imtiyozli tizimini yuksak baholadi.

Bekzod Mamatqulov kompaniya haqida aynan hozirda amalga oshirilayotgan loyihalar va qo'shma loyihalarni ertangi kunda amalga oshirishda yaqin hamkorlikka tayyor ekanligini ta'kidlab ma'lumot tariqasida aytib o’tdi.

Burke P.McCormack qishloq xo'jaligi, tibbiyot, farmatsevtika, sayyohlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash uchun sovutgich xonalar qurilishi ikki tomon hamkorlikning asosiy yo'nalishlari deb hisoblaydi va ushbu loyihalarni amalga oshirish bo’yicha gapirib o’tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni o'rnatishdan o'zaro manfaatdorligini tasdiqladilar.