×

Yangiliklar

"IXPOS" nemis biznes-portalining a'zosi bo'ldi

Joriy yilning 28 fevralida «BMB Trade Group IXPOS nemis biznes-portaliga a'zo bo'ldi.

IXPOS biznes-portali Tashqi savdo Vazirligi tomonidan Germaniyaning Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ushbu portal yetakchi kompaniyalarning ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.

Ushbu a'zolik kompaniyaga etakchi nemis va Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkonini beradi. Mazkur biznes-portalning har bir a'zosi o'z mahsulotlarini va xizmatlarini taklif qilishi, shuningdek, hamkorlik bo'yicha takliflarni yuborish yoki qabul qilishi mumkin.

Ushbu biznes portali Germaniyaning tashqi savdo sohasida faoliyat yuritib kelmoqda va ko'p yillardan beri xorijiy bozorlarga kirishga qiziqish bildiradigan nemis kompaniyalarining axborot platformasiga aylandi.

Bugungi kunda IXPOSda 70 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, davlat idoralari, sanoat uyushmalari, savdo-sanoat palatalari, Germaniya va boshqa mamlakatlarning tashqi savdosini rivojlantirishga yordam beradigan elchixonalar va xalqaro tashkilotlar mavjud.

Mazkur biznes-portalga a'zolik tufayli Yevropa bozorlari BMB Trade Group kompaniyasi uchun tezkor ravishda kengaymoqda.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasiga sarmoyalarni jalb qilish, Yevropa va jahonning boshqa mamlakatlari bozorlariga kirish uchun xorijiy sarmoyadorlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish imkonini beradi. Bu esa O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirishga yordam beradi.

Hozirda ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish Germaniya iqtisodiyotining asosiy yo’nalishiga aylandi.

Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani kabi, ekologik toza qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talab kundan kunga ortib bormoqda.