×

Yangiliklar

HINDISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI VINOD KUMAR BILAN UCHRASHDI

Bugun Hindiston Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar BMB Trade Group rahbariyatini qabul qildi. Uchrashuvda elchixonaning Tijorat masalalari bo'yicha maslahatchisi Sri Agraval ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida BMB Trade Group Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov elchixonani kompaniyaning faoliyati bilan tanishtirdi va qishloq xo'jaligi, farmatsevtika va logistika sohasidagi hamkorlik bo'yicha takliflarni taqdim etdi.

Janob Kumar kompaniyamizning qishloq xo'jaligi va farmatsevtika sohasidagi yirik hind kompaniyalari bilan o'zaro manfaatli aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha ishlarni tashkil etishga va'da berdi.