×

Kompaniya haqida

   2017 yilda faoliyatini boshlagan BMB Trade Group kompaniyasi dinamik tarzda rivojlanayotgan yangi va zamonaviy kompaniya hisoblanadi. Kompaniyada mehnat qilayotgan mutaxasislar iqtisodiyot va biznesning turli sohalarida katta tajribaga ega hamda o'z maqsadlariga erishish yulida barcha salohiyatlarini namoyon etmoqdalar.

     Kompaniyaning asosiy faoliyat turlari:

- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish;

- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

- konsalting xizmatlarini ko'rsatish;

- zamonaviy agrosanoat majmualarini yaratish;

- yuqori sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlarini va dorivor o'simliklar etishtirish va eksport qilish.

    BMB Trade Group kompaniyasining ustuvor vazifalari: qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni boshqarish uchun zamonaviy usullarini joriy qilish, chet ellarda muvaffaqiyatli qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, rivojlangan mamlakatlarda qayta tayyorlash orqali xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishdir. BMB Trade Group kompaniyasining asosiy maqsadlari: xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion g'oyalarni joriy etish va aholi uchun munosib turmush darajasini ta'minlash bo'yicha davlat siyosatida faol ishtirok etishdan iborat. Kompaniya bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniyaning uchta sho'ba: BMB Agro Trade, BMB Logistic va BMB Zomin Agro kompaniyalari mavjud. BMB Agro Trade kompaniyasi hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaning asosiy yo'nalishlari quyidagilardir: qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va eksport qilish. BMB Logistic kompaniyasining asosiy faoliyati: tovarlar va yuklarni saqlash, etkazib berish va xizmat ko'rsatishga qaratilgan. BMB Zomin Agro: dorivor o'simliklarni etishtirish, dori-darmonlarni qayta ishlash va ishlab chiqarishga yo'naltirilgan.

   O'tgan davr mobaynida chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va O'zbekiston Respublikasining investitsion salohiyatini oshirish maqsadida kompaniya rahbariyati 30 dan ortiq mamlakatlarda xizmat safarlari bilan bo'lishgan va 50 dan ortiq mamlakatning ishbilarmon vakillari bilan uchrashgan. Ushbu yo'nalishdagi ishlarning samarasi o'laroq, bugungi kungacha mamlakatimizga tashrif buyurgan Huete International (Ispaniya) - issiqxonalar, Energio (Ispaniya) - muqobil energiya va energiyani tejovchi texnologiyalar, Emas (Ozarbayjon) - kommunal va muhandislik kommunikatsiyalar, Viridian AG (Shveytsariya) - farmatsevtika sohasidagi kompaniyalari bilan hamkorlik to'g'risidagi bitimlar imzolangan. Hozirgi kunda BMB Trade Group Xitoy, Ispaniya va Birlashgan Arab Amirliklari singari mamlakatlarda bir nechta chet el vakillariga ega. Birgalikda amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida O'zbekistonda birinchi choy plantatsiyasi Xitoyning Bay-Tea Group kompaniyasi bilan birgalikda  yaratilgan. Jizzax viloyatining Zomin tumanida umumiy maydoni 2 gektar bo'lgan choy etishtirish uchun issiqxonalar qurilishi rejalashtirilgan. 

  Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari: Choy urug’lari va ko’chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, fermer xo’jaliklari va tadbirkorlarni ular bilan ta’minlash, Respublikaning iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, sanoat choy plantaciyalarini tashkil qilish, choy mahsuloti tayyorlash hajmlarini izchil oshirib borish, Choy mahsulotini sanoat yo’li bilan qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy liniyalarini joriy etish, Mahsulotni xorijiy davlatlarga chiqarish uchun uning yuqori sifatini saqlash va marketing tizimini ishlab chiqish, Tajriba almashish, choy yetishtirish va choy mahsulotini ishlab chiqarishning sinovdan o’tkazilgan zamonaviy texnologiyalarini jalb qilish uchun jahondagi choy ishlab chiqaruvchilar bilan keng ko’lamli xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish.

  Loyiha doirasida Jizzax viloyatining Zomin tumanida choy va choy ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi. Bundan tashqari, Ozarbayjon hamkorlar bilan birgalikda BMB AZ Modern Engineering kompaniyasi tashkil etildi. Kompaniya muhandislik sohasidagi turli tuzilmalarni kompleks ravishda tatbiq qilish, ularni modernizatsiya, rekonstruktsiya qilish, texnik xizmat ko'rsatish, mijozlarning ehtiyojlari va talablariga muvofiq amalga oshiradi. Jizzax viloyatida agrosanoat majmuini yaratish bo'yicha Silverleafe International (AQSh) bilan birgalikda 2018 yil 8 may oyida "Silverleafe BMB Agro Trade Group" qo'shma korxonasi ro'yxatga olindi. "Silverleafe BMB Agro Trade Group" qo'shma korxonasining asosiy maqsadi: qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yuqori texnologiyali innovatsiyalardan foydalanish, qishloq va suv xo'jaligi mahsulotlarining ichki, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, qishloq joylarida zarur zamonaviy infratuzilmani yaratish va ish bilan ta'minlashni kengaytirish orqali qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va sotishni birlashtirishdan iborat. Agroclaster paxta va boshqa ekinlarni etishtirish, paxta tozalash korxonalari, paxta yog'ini ishlab chiqarish zavodi, to'qimachilik korxonalari, Yevropa texnologiyalariga asoslangan zamonaviy issiqxonalar, meva-sabzavot ekinlarini qayta ishlash va saqlash uchun agro-sanoat logistik majmuini qurish va  yuqori sifatli mahsulotlarini etkazib berish, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik xo'jaliklarini tashkil etish, ipak kurtaklarini qayta ishlash sexini, zamonaviy mashinasozlik parklarini va boshqalarni tashkil etish kabi sohalarda o'z faoliyatini amalga oshiradi.

   Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash bo'yicha zamonaviy texnologiyalar asosida agroklaster parkini yaratilishini o'ziga qamrab oladi. Texnoparkda tuproq tahlillari, o'simliklarni biotexnologiya va himoya qilish, paxta selektsiyasi va urug'chiligi, qovun va sabzavotlarni urug'lik ekinlari, o'simlik genetikasi, yuqori texnologiyalardan foydalangan holda paxta urug'ining elita navlarini ishlab chiqarish, shuningdek genofondni himoya qilish bo'yicha maxsus laboratoriya tashkil etish uchun markaz yaratilishi rejalashtirilgan.

   Agroklaster "John Deere" Amerika kompaniyasining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Kompaniya tomonidan dastlabki qishloq xo'jaligi texnikalari sotib olindi. 

   Hamkorlik natijasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun agrosanoat kompleksi yaratildi, chet elga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish ko'lami kengayadi. Buning natijasida yangi ish o'rinlari yaratildi. Bularning barchasi O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Jamoa BMB Trade Group

Mamatqulov Bekzod Akmalovich

Kuzatuv kengashi raisi

Davletmendov Karim Xaydarovich

Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi

Asamov Mahmud Sunnatullayevich

Bosh direktor

Begimov Asqar Qutlymuratovich

Rejalashtirish va kadrlar masalalari bo'yicha bosh direktori o'rinbosari

Kulmatov Mansur Anvarovich

Bosh hisobchi

Sharafutdinov Abdurashid Turgunovich

Investitsiya va investitsion loyihalar bo'limi boshlig'i

Tashpulatov Umarjon Bahramdjanovich

Eksport va xorijiy mijozlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i

Meyliev Obidjon Shodievich

Marketing va sotish bo'limi boshlig'i

Jabborqulov Jahongir Akmal o'gli

Marketing va sotish bo'yicha bo'limi bosh mutaxassisi

Pardaev Erkin Yarashevich

Bosh yuristconsult

Meliev Farrux Tojiqulovich

Moddiy texnika ta'minoti bo'limi boshlig'i

Asanov Emil Ilimdarovich

Xalqaro aloqalar va jamoatchilik bilan ishlash bo'limi boshlig'i

Dadajonov Mirakbar Zohidjon o'g'li

Ofis menejeri

"BMB AZ MODERN ENGINEERING" MChJ QK

O'tish

"BMB AZ MODERN ENGINEERING" MChJ QK

"SILVERLEAFE BMB AGRO TRADE GROUP" MCHJ QK

O'tish

"SILVERLEAFE BMB AGRO TRADE GROUP" MCHJ QK

Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi

O'tish

Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi

BMB Agro Trade

O'tish

BMB Agro Trade

BMB Logistic

O'tish

BMB Logistic

BMB Zomin Agro

O'tish

BMB Zomin Agro